Rahimjon Gaziyev
@rahimjongaziyev
• Founder of 4 companies;
• Founder of 15 social projects;
• BPR expert (business process reengineering)
+Marketing & design
91 posts
Hayoti dunyo (kitobidan)

Niyat bobi

Bir kishi "qora kunlarimga" deb pul jamg'arib qo'yadi. Bu ishi bilan o'sha qora kunlarni Alloh taolodan o'z boshiga so'rab olayotgan bo'ladi. Haqiqatan bir kun boshiga qora kunlar keladi, niyat qilganidek o'sha jamg'arilgan pullar sarflanadi.

Dangasalik bobi

Dangasalik — bir ishni qilishga imkoni va qudrati bo'la turib, rohatini ko'zlab, o'sha ishni tark etishdir.

Uylanish bobi

Imomi A'zam rohimahullohni Abu Yusuf rohimahullohga vasiyat-o‘gitida quyidagilar aytilgandi:

Manhaj bobi

Vaqtga bog‘liq bo'lgan voqeliklarga chalg‘ima. Hayotingni o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydigan odamlarni o‘rganma.

Vaqt bobi

Oqil kishi bir joyda to'xtab turmaydi. Rivojlanishdan toʻxtashlik – yashashdan toʻxtash demakdir. (Xoris Munzir)

E'tiqod bobi

Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l. (Jaloliddin Rumiy rahmatullohi alayh)

Ustoz bobi

Kimning ustozi boʻlmasa, dini ham boʻlmas. Ustozi yoʻqning ustozi shaytondir. (Kitobush shakvo)

Odob bobi

Odob bir daraxt bo’lsa, uning mevasi ilmdir. Odob bo'lmasa, ilm ham hikmat ham yo’qdir. ───────────────── • Alloh taologa qurbat hosil qilishda odobning oʻrni beqiyos. • Beodoblik barcha narsani, jumladan, amalni ham, qalbni ham, tilni ham, boshqa barcha urinishlarni ham buzadi. • Odobsiz odam biror narsaga erishishi, jamiyatda yaxshi oʻrin topishi mumkin emas. • Odobsiz kishi hatto boshqalar bilan aloqasi, munosabatlarini ham yaxshilay olmaydi.

Ilm bobi

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ilm talab qilish, har bir muslim va muslimaga farzdir", dedilar. (Ibn Moja rivoyati).

Istixora bobi

Istixorasi salbiy chiqqan kishiga, butun dunyo jamlanib shu ishingda sen uchun yaxshilik bor desa ham, u ishda albatta yomonlik bor.