February 2, 2023

Manhaj bobi

Vaqtga bog‘liq bo'lgan voqeliklarga chalg‘ima.
Hayotingni o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydigan odamlarni o‘rganma.


Senga savob olib kelmaydigan munosabatlarga aralashma.
Sotib olishga puling yetmagan dunyo matolariga qiziqma, hayol ham qilma.


Qiziq narsalar ketidan quvishni bas qil, sen izidan ketayotgan arqon cheksizdir.


Orzularing ketidan toboro sho‘ng‘ib ketaversang, najot kemasigacha yetib borolmaysan.


Hayotingni o‘z qo‘lingga ol. Ba'zi narsalarga ko‘z yumishni o‘rganmasang, shubhasiz hayotingni zoe ketkazasan.


Muvaffaqiyatga erishgan insonlarni bosib o'tgan yo'lini o'rganishni bas qil. Zero bosib o'tilgan yo'llar senga zaruriy ilm bo'lolmaydi. Seni holating boshqa, shunday ekan, holatingda voqe bo'layotgan ilmlarni o'rganishga odatlan.

(Hayoti dunyo kitobidan)