Har kungidek kunlar o‘tar odamlarning o‘ngida, Oftob chiqib nurin sochar shu kunlarning tongida, Quyosh botgach oy mo‘ralar zulmat tunning so‘ngida, Uyqu ichra tushlarimda ~ topmadim Sizdan bo‘lak, Oy chiroyin visolidin ~ ko‘rmadim Sizdan bo'lak.
Istagingiz halovatda yashamoq bo‘lsa, Chin baxtiyor oilani istamoq bo‘lsa, Onangizni hurmatin oqlamoq bo‘lsa, Qiz tanlamoq osonmas do‘stim ishoning, Uylansangiz Marg‘ilonlik qizga uylaning.
Soxtalikning ming yuzi bor. Haqiqatning bir yuzi. Soxtakorning soxtalikdan, Bezor bo‘lgan o‘z yuzi.
Kecha soyamga salom berganlar, Bugun ustimdan handon kuldilar. Yuzimga aytolmay aytar so‘zlarin, Ortimdan bearmon g‘iybat qildilar. Qalb ko‘zi ko‘r tan olmas sira, Afsus, paydo bo‘ldi shunday kimsalar.