Sheriyat
January 6, 2022

Sizdan bo'lak

Audio orqali eshitish
Primerno rasm

Har kungidek kunlar o‘tar odamlarning o‘ngida,
Oftob chiqib nurin sochar shu kunlarning tongida,
Quyosh botgach oy mo‘ralar zulmat tunning so‘ngida,
Uyqu ichra tushlarimda ~ topmadim Sizdan bo‘lak,
Oy chiroyin visolidin ~ ko‘rmadim Sizdan bo'lak.

Ko‘rdim-u ul go‘zal yorin libosidin beqiyos,
Qish misolin nafis yoqqan qor kabidin beqiyos,
Qaddu qomat kiyk misolin kamon yoydek qoshlari,
Ko‘zlar ohu ta‘rifinda ~ topmadim bundan bo‘lak,
Iffat hayo Latofatda ~ ko‘rmadim Sizdan bo'lak.

Hayolimni band etdiku oydek go‘zal Jamolingiz,
Endi qaydan topar bo‘ldim guldek shirin iforingiz,
Har lahzada eshitsaydim qumsar ko‘nglim ovozingiz,
Bu olamda TANHO GO‘ZAL ~ topmadim sizdan bo‘lak,
Husni xulqi nafosatda ~ ko‘rmadim Sizdan bo'lak.

Yashirmasdan aytay mayli OSHIQ* bo‘ldim bedavo,
Dil izhoriy SHE‘RLARIM ham siz uchundir bebaho,
Majnun bo‘lib Sevdimmikan, aylang menga bir davo,
Shul damgacha hech kimsani ~ Sevmadim sizdan bo‘lak,
Bu dunyoda Yagonam deb ~ aytmadim Sizdan bo'lak.

Mendan yiroq ketar bo‘lmang garchi OLIS ~ bo‘lsangiz ham,
Sof Sevgimni uvol qilmang garchi Yulduz☆ bo‘lsangiz ham,
Bizning o‘lchov IYMON* erur eslatgayman bilsangiz ham,
Dunyo ichra DONO* go‘zal ~ topmadim sizdan bo‘lak,
ILMI nurdek karomatda ~ ko‘rmadim Sizdan bo'lak.

Shoirmasman ma‘zur tuting nuqson bo‘lsa she‘rimda,
Ammo sizni qattiq Sevdim nechog‘ligin Dilimda.
Ilk muhabbat soyasida ismiz takror tilimda,
Til ojizim Oisham deya aytmagay sizdan bo‘lak,
Hech kimsaga bir satr ham bitmadim Sizdan bo'lak...


© Rahimjon Gaziyev (kompyuter ustasi) 2015 yil may — 2016 yil iyun

She'rni ijro qilgan, Sirojiddin O'sarov tajrlibali suhandon baraka topsin, ancha muncha she'rlarni o'qimas edi, o'sha yili televideniyada ishlab turgan joyida she'rim unga yoqib qolib chiroyli qilib o'qigandi.


Bo'ydoqlarga eslatma:

Bu she'rimni o'qib, shunday odam bor ekan deb umrlaringni oxirigacha izlab yoki kutib yashab, absolyut bo'ydoq o'tib ketmanglar! Albatta real hayotda bunday insonni topish "impossible" imkonsiz. Shuning uchun she'rning avvalida:
"Uyqu ichra tushlarimda ~ topmadim Sizdan bo‘lak", deb she'rni boshladim.

Ya'ni o'sha insonni tushimda ko'rgach, uyg'oniboq shu she'rda ta'rifini yozishni boshladim. Lekin ta'rifni to'liq ochib berishim uchun shoirlik mahoratim yo'q edi. Shuning uchun har bir qatorini o'rtacha 1-2 haftada yozdim, u payt taxta sehida kuniga 12 soat ishlardim, o'ylashim uchun yetarli vaqt bo'lgan.
Shunday qilib she'rni jami 6 oyda yakunlagandim.