Sheriyat
December 25, 2021

Uylansangiz...

Istagingiz halovatda yashamoq bo‘lsa,
Chin baxtiyor oilani istamoq bo‘lsa,
Onangizni hurmatin oqlamoq bo‘lsa,
Qiz tanlamoq osonmas do‘stim ishoning,
Uylansangiz Marg‘ilonlik qizga uylaning.

Onangizni xizmati bo‘lar joyida,
Hurmatiyu izzati osmon oyida,
Kelin olib orom olar anhor bo‘yida,
O‘z qizidan o‘zib ketar do‘stim ishoning,
Uylansangiz Marg‘ilonlik qizga uylaning.

Uyingizni saramjon sarishta qilsa
Farishtadek uylarni ozoda tutsa,
Tong saxardan yosin o'qisa,
Besh mahal namozida tinchlik so‘rasa,
Kelin olib "farishtami kelinmi?", deysiz.
Uylansangiz Marg‘ilonlik qizga uylaning.

Pul topsangiz pulingizga tegmas sira ham,
Kam topsangiz qanoatda go‘zal juda ham,
So‘raydigan holatlarni aniq bilsa ham,
"Pul bering" deb bezor qilmas sira ham,
Farosatni ishlatib o‘zingiz bering : )
Uylansangiz Marg‘ilonlik qizga uylaning.

Yoshligidan saodatni oilada bilib,
Sevgidan so‘z ochganni afsona bilib,
Chin muhabbat qo‘rg‘oni nikohda bilib,
Ulg‘aygandir marg‘ilonlik qizlar ishoning.
Uylansangiz marg‘ilonlik qizga uylaning.

Vatsap vayber imolarni bilmasa,
Vafo qilib internetga kirmasa,
Gap qaytarish qandayligin bilmasa,
Internetga in qurilgan zamonda,
Topolsangiz "ok" boshqa joydan izlaning.
Uylansangiz Marg‘ilonlik qizga uylaning : )

(2016 yil, 26 avgust)

Izoh:

Smartfonlar ommalashayotgan payt, internetdan asosan ko'ngilochar vosita sifatida foydalanishar edi, shu ehtimolidan mazkur she'rni yozgandim. Shuning uchun bugungi kunimizga mos tushadi deb o’ylamanglar ))

Bugungi kunda internetdan yaxshilik yo'lida foydalanishni ko'pchilik o'rganib oldi, halol haromni tanib oldi, gunoh savobni ajratib oldi. Shunday ekan she’rni shakliga berilib ma’noni chetlab o’tmanglar, ya’ni makonning ahamiyati yo’qolgan, lekin sifatlarga ko’proq e’tibor bersa bo’ladi...