Birovni bir tanga haqini olgan bo‘lsang, vafotingga qadar uyni kalitini berib bo'lsa ham rozi qilib ol. Chunki qiyomatda haqdorni rozi qilmay jannat kalitini ololmaysan. (Abdurrohim Marg'iloniy, Hayatud-dunya kitobidan)
Orzu-istaklaring ko’pligi miqdoricha baxt sendan uzoqlashaveradi. (Abdurrohim Marg’iloniy)
Agar kimgadir nimadir qiyin tuyilayotgan bo’lsa, bu layoqatsizlikdan nishon. Jasoratli kishi tuyib o’tirmay amalga oshiradi. (Abdurrohim Marg’iloniy)
Dono inson ko’p narsani bilmasligi mumkin, lekin ko’p narsani bilmasligini biladi. (Abdurrohim Marg’iloniy)
O’zini aqlli deb hisoblaydigan kishilar rost aytadi. Haqiqatda ular hamma qatori aqlli insonlar. (Abdurrohim Marg’iloniy)
Sabr birla qilsang har ishing sunnat, Shoshqoloqlik qilmagin, keltirar kulfat! (Abdurrohim Marg’iloniy)
Rivojlanishdan to’xtashlik — yashashdan to’xtash demakdir. (Abdurrohim Marg’iloniy)
Ko’p odamlar g’aflatdadir ikki ne’mat taftidan, eng oliysi tinchlik, hamda salomatlik baxtidan. (Abdurrohim Marg’iloniy)
Sarflangan vaqtning eng foydalisi, ilmga sarflanganidir. Sarflangan quvvatning eng foydalisi, solih amalga sarflanganidir. (Abdurrohim Marg’iloniy)
Hayoti Dunyo kitobini va hikmatli so'zlarimni muallifi uchun o'z ismimni arabiy ko'rinishi va makonga nisbat berilgan varianti.