Dangasalik bobi
Dangasalik — bir ishni qilishga imkoni va qudrati bo'la turib, rohatini ko'zlab, o'sha ishni tark etishdir.
Amr ibn Shuaybdan, u otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallamning
"Allohumma, inni a'uzu bika minal-kasali val-mag'romi va a'uzuzu bika min fitnatil-masiyhid-dajjaal! Va a'uuzu bika min 'azaabin-naar", deb duo qilayotganlarini eshitdim".
Buxoriy rivoayt qilgan.
Duoning ma'nosi: "Allohim! Sendan dangasalikdan, qarzdorlikdan panoh so'rayman. Sendan Masiyhi dajjolning fitnasidan panoh so'rayman. Sendan do'zaxning azobidan panoh so'rayman".
Bu hadisi sharifda kelgan duoni Rosululloh sollallohu alayhi vasallam namozdan keyin o'qir edilar. Endi u zot alayhissaslom Alloh taolodan panoh so'rayotgan narsalar ila tanishib olaylik:
Dangasalik ham do'zaxdan yoki qarzdan qo'rqqandek qo'rqiladigan narsa ekan. O'zi odatda qarzdorlikka ham asosan dangasalik sabab bo'ladi. Demak, undan panoh so'rab yurish, unga mutlaqo yaqin yo'lamaslik kerak ekan.
Alloh taolo hech kimni bunga mubtalo qilmasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Qarz va unga bog’liq masalalar” kitobi, 102-bet. Toshkent «Hilol-Nashr», 2020 yil.