February 8, 2023
Uylanish bobi
Imomi A'zam rohimahullohni Abu Yusuf rohimahullohga vasiyat-o‘gitida quyidagilar aytilgandi:
Va sen avvalo ilm ol, so‘ngra haloldan mol-mulk orttir. So‘ngra uylan. Agar sen ta'lim olish vaqtingda mol-mulkni talab qilsang, ilm olishdan ojiz bo‘lasan. Ilm hosil qilishdan oldin dunyo va ayollar bilan mashg‘ul bo‘lsang, vaqtingni zoe ketkazasan. Huzuringda bola to‘planadi va bolalaring ko‘payadi. So‘ngra ularni ishlarini ado etishga muhtoj bo‘lasan va ilmni tark etasan.