Hayotimdan qissalar
January 30

Rahimjon Gaziyev haqida (batafsil)

Assalomu alaykum do'stlar!

Bu mavzu asosan yangi shogirdlarga tez-tez kerak bo'lgani uchun, mazkur sahifada o'zim haqimda qisqacha ma'lumot berishni niyat qildim.

Hayotiy yo'l, infografik ko'rinishda

Figma dasturida tayyorlangan, kompyuter orqali oching: Link shu yerda

Yuqoridagi Link orqali batafsil ko'rsa bo'ladi.

Avval qisqacha

Tug'ilgan joy: Marg'ilon shahri.

Hozirda ish joy: Toshkent shahri.

O'qigan joyim: "Farg'ona kompyuter texnologiyalari" 2010-2013 yil.

Yo'nalish: Axborot va kommunikatsion texnologiyalar tizimi ishlatish texnigi

Mutaxassislik: Informatsion kommunikatsion texnologiyalarni biznesga yo'naltirish (german methodology).

Qo'shimcha ta'lim diplomlar: 1-Kompyuter operatorligi 2006 yil (Linex). 2-Professional dizayner (Unix) 2008 yil. Maqola davomida diplom rasmlari mavjud.

Asos solgan kompaniyalarim: 2 ta. (2017 yil RedFox agentligi, 2019 yil Frilansus.com platformasi). Mazkur saytda "Loyihalarim haqida" bo'limida har bir loyiham haqida batafsil yozganman.

Shahodatnoma: Mehrob.uz (ustoz Sayyid Rahmatulloh Termiziy tomonlaridan)

Sertifikat: Moskva, "ergoSOLO" tez yozish maktabi 2015 yil, Vladimir Shahidjanyan, №004306 (soniyasiga 7-8 ta harf)

Ishlagan joylarim: 18 ta. Aholidan chiqindi yig'ishtirish shirkati. Taxta sehi. Matbuot (gazeta sotadigan joy). Velosiped remont qilish va sotish. Mebel remont qilish va terish. Paynet. Kompyuter ustasi. (Batafsil ro'yxat maqola davomid mavjud).

Ustozlarim: 18 ta. Zokirjon xoji rohimahulloh (Farg'ona viloyati bosh imom xatibi). Is'hoqjon Muhammad domla (imom xatib). Sayyid Rahmatulloh Termiziy (Toshkent shahar bosh imom xatibi). Ahmadjon al-Kashshofiy (katta faqih ustoz). Javohir Nazarov (dizayndan katta ustoz). Bahrom Kalonov (dizayn va marketingdan katta ustoz). Batafsil ro'yxat maqola davomida mavjud.

O'rgangan bilim va ko'nikmalarim: Grarfik dizaynerlik (9 yil tajriba). Veb & UX/UI dizayn (6 yil tajriba). Product management (6 yil tajriba). Marketing & digital marketing (5 yil tajriba). Klaviyatura savodxonligi, tez yozish (15 yil tajriba).

Shaxsan o'zimdan yonimda dars oladigan shogirdlarim: ~10 ta (shogird olishim doim bepul bo'lgan).

Qiziqib ko'rgan kinolarim: +700 dan ortiq (mazkur saytda "ko'rgan kinolarim va kino haqida" alohida maqola tayyorladim. Ya'ni ko'rgan kinolarimni batafsil ro'yxati mavjud).

Qiziqib o'ynagan o'yinlarim: Red Alert 2 (Kompyuter o'yinlar haqidagi qarashimni "Game industry" maqolamda batafsil yoritganman).

Qiziqib qatnashgan sportlarim: 1. Qo'l jangi — rukapashniy boy 1 yil. 2006-2007 yil.
2. Boks — 1 yil. 2007-2008 yillar.
3. Taekwondo — 1,2 yil 2009 yil.
4. JuJitSu — UFC brazil 1,5 yil 2009-2010 yillar.
5. Stol tennis — 5 yil. 2005-2010 yil. (maktab va kollej birinchi raqamli raketkasi, hamda shahar va viloyat bosqich darajasi).

Qisqacha natijalarim:

• 17 yoshgacha 2000$ • 19 yoshimgacha 5000$
• 20 yoshimgacha 12000$
• 21 yoshimgacha ~25000$ (kapital ko'rinishida emas, ishchi sifatida topgan naqd pul ko'rinishidagi) topgan daromadim.
• Sohaga doir +50 dan ortiq dasturlarni o'rganib chiqdim.
• O'zbekistondagi eng katta dizaynerlar guruhiga asos soldim.
• Dizayn faoliyatida ishlagan paytlarim jami 2000 dan ortiq turli kompaniya va mijozlar uchun dizayn tayyorladim. (Maqola davomida ba'zilarini batafsilroq ko'rish mumkin).
• 3 ta muvaffaqiyatli startup'ni ishga tushurib, shogirdlarimga topshirdim.
• 15 ta ijtimoiy loyihaga asos soldim. (Maqola davomida batafsil ro'yxati mavjud).
• O'zbekistonda birinchi bo'lib ustoz-shogird metodikasi bo'yicha faoliyat olib boradigan akademiyaga asos soldim.
• O'zbekistonda eng katta frilanserlar ishlash platformasiga asos soldim.
• Toshkentga 200$ qarz bilan kelib, qisqa vaqt ichida +2 mlrd so'm pul aylanmasini amalga oshirdim.
• Shu vaqt oralig'ida ta'lim oluvchilar va yordam o'laroq qarz so'raganlarga jami 40000$ qarz berdim.
• Endilikda tanishlarimdan tashqari qarz va yordam so'rovchilar ko'payib borayotgani uchun Oqibat.com platformasiga asos soldim (hozirda telegramda ishlamoqda t.me/oqibat_kanal)
• 80 dan ziyod shogirdlarim, shogirdlik davrida jami 205 mln so'm daromad topishdi.
• Tazkiya va ruhiy tarbiya oid, aqoid va shariat ahkomlariga oid +500 ortiq asarlardan o'rgandim. Kasb-hunarga ta'lluqli 900 ortiq manbalardan o'rgandim.
• Bitta ustozimni o'zidan +500 ortiq mavzularda dars oldim va hammasini yozib bordim.
• Rus tili, ingliz va turk tillarini darslik ko'rish uchun kifoya qiladigan darajada o'rgandim.
• Arab tilini o'qish. Qur'oni Karimni tajvid bilan o'qiy oladigan darajada.
• 5 ta maqola yozdim.
• Yozayotgan kitoblarim 2 ta. Hayatud-dunya kitobi va kechikkan kechinmalar kitobi. (Mazkur saytda har ikki kitobim uchun alohida bo'lim tashkillab mavzularni boblarga ajratib joylab boryapman) • Yozgan she'rlarim: 5 ta
• 100 dan ortiq hikmatli so'z yozdim (mazkur saytda "yozgan hikmatlarim" bo'limida barchasini joylab boryapman) • Hozirda ishlab turgan loyihalarimdan tashqari yana yangi 4 ta loyihani ishga tushurish harakatidaman. (Buni ham mazkur saytda "loyihalarim" bo'limida batafsil yozdim). Yangi loyihalarimni yuritish va topshirish uchun shogird qabul qilaman.

Ustozlarim

"Hayotimda ustozlarning o'rni beqiyos"

Hayot davomida ta'lim olgan ustozlarim ro'yxati:

Kasb-hunar va biznes bo'yicha:

  1. Akmal aka (2006: Linex, Operatsion tizim, Tez yozish)
  2. Akmal aka (2008: Unix, Adobe Photoshop, dizayn 2008)
  3. Murodil aka (Tipografiya, Adobe Photoshop)
  4. Muazzamoy (grafik dizayn, vektor grafika: Corel Draw, Adobe Illustrator)
  5. Nodir Khalilov Nodizayn (Adobe Photoshop)
  6. Javohir Nazarov ustoz (fundamental va advanced grafik dizayn)
  7. Bahrom Kalonov ustoz RaisBuva (advanced grafik dizayn, marketing).

Ilm va ruhiy tarbiya bo'yicha:

  1. Zokirjon xoji rahmatullohi alayh (2018 yil). Farg'ona vil., bosh imom-xatib (fiqh, ahkomlar)
  2. Abdurahmon qori (ustoz, Qur'on-tajvid)
  3. Abdug'ani qori (ustoz, Qur'on-tajvid)
  4. Ja'far aka (2010: ustoz, ruhiy tarbiya)
  5. Ustoz Lutfulloh qori. Imom-xatib Sofdin.uz (Qur'on-tajvid, aqoid, tazkiya)
  6. Is'hoqjon Muhammad domla. Ummat.uz Imom-xatib (tazkiya, marketing)
  7. Ahmadjon al-Kashshofiy ustoz. Faqih (tartib, aqoid, fiqh)
  8. Sayyid Rahmatulloh Termiziy ustoz Mehrob.uz (aqoid, tazkiya, ruhiy tarbiya)

Ustozlarimdan turli xil yo'nalishlarda, turli xil makonlarda, turli xil zamonlarda ta'lim oldim. Shuning uchun ularni shunchaki ismlarini keltirish bilan kifoyalanmayman.
Shuning uchun qaysi ustozimdan qachon, qancha vaqt va nimalarni o'rganganimni batafsilroq quyidagi sahifada yozdim:
https://rahimjongaziyev.com/ustozlarim-haqida

Ishlatgan qurilmalarim va ish maydonim
(my devices and my workspace)

Hayotim asosan kasb va uni o'rganish bilan o'tgani uchun ishlatgan qurilmalarimni ham xuddi yuqorida inforgrafik "Hayotiy yo'l xaritasi" kabi tayyorladim.

Figma dasturida tayyorlangan, kompyuter orqali oching: Link shu yerda


Biografiya

"Biografiya — Inson hayotining batafsil tavsifi"

1415 yil, Marg'ilon shahrida tavallud topdim. Hozirda 7 ta (axborot texnologiyalariga oid) loyiha ustida ish olib boryapman.

2005 yil: Balki undan avval xullas yoshlikdan kompyuterga qiziqishni boshladim. Kompyuterni palapartish o'rganayotganimni va chindan qiziqishim borligini otam ko'rgach, uymizda kompyuter yo'qligi uchun Marg'ilon shahridagi Linex o'quv markaziga Akmal akani darslariga olib bordilar. Otam ham men bilan birga darslarda qatnashdilar, ehtimol yosh bo'lganim uchunmi kompyuterni birgalikda o'rgandik.

2006 yil: 18 iyul, Otam menga "Farg'ona UNIX texnika do'koni"dan 1280$ ga birinchi marta PC (shaxsiy kompyuter) olib berdilar.

Motivatsiyalarni qayerdan olaman?

Daromad manbalarim

Xobbi va qiziqishlarim

Loyihalarim haqida

Maqsadim

Agar sahifa oxirigacha yozilmagan bo'lsa, iltimos komentda menga eslatib yuboring.
Oldindan rahmat : )

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim:

YouTube: https://www.youtube.com/rahimjongaziyev

Instagram: instagram.com/rahimjongaziyev

Telegram: t.me/MrUstoz1

Facebook: fb.com/MrUstoz

Behance: https://www.behance.net/rahimjongaziyev

Dribbble: https://dribbble.com/rahimjongaziyev