Hayotimdan qissalar
December 12, 2021

Ustozlarim haqida

Ustozlarimdan turli xil yo'nalishlarda, turli xil makonlarda, turli xil zamonlarda ta'lim oldim. Shuning uchun ularni shunchaki ismlarini keltirish bilan kifoyalanmayman.
Imkon qadar qaysi ustozimdan qachon, qancha vaqt va nimalarni o'rganganimni yoritib berishga harakat qilaman.

Zero hayotimda ustozlarning o'rni beqiyos.

Hayot davomida ta'lim olgan
ustozlarim ro'yxati:

Kasb-hunar va biznes bo'yicha:

  1. Akmal aka (2006: Linex, Operatsion tizim, Tez yozish)
  2. Akmal aka (2008: Unix, Adobe Photoshop, dizayn 2008)
  3. Murodil aka (Tipografiya, Adobe Photoshop)
  4. Muazzamoy (grafik dizayn, vektor grafika: Corel Draw, Adobe Illustrator)
  5. Nodir Khalilov Nodizayn (Adobe Photoshop)
  6. Javohir Nazarov ustoz (fundamental va advanced grafik dizayn)
  7. Bahrom Kalonov ustoz RaisBuva (advanced grafik dizayn, marketing).

Ilm va ruhiy tarbiya bo'yicha:

  1. Zokirjon xoji rahmatullohi alayh (2018 yil). Farg'ona vil., bosh imom-xatib (fiqh, ahkomlar)
  2. Abdurahmon qori (ustoz, Qur'on-tajvid)
  3. Abdug'ani qori (ustoz, Qur'on-tajvid)
  4. Ja'far aka (2010: ustoz, ruhiy tarbiya)
  5. Ustoz Lutfulloh qori. Imom-xatib Sofdin.uz (Qur'on-tajvid, aqoid, tazkiya)
  6. Is'hoqjon Muhammad domla. Ummat.uz Imom-xatib (tazkiya, marketing)
  7. Ahmadjon al-Kashshofiy ustoz. Faqih (tartib, aqoid, fiqh)
  8. Sayyid Rahmatulloh Termiziy ustoz Mehrob.uz (aqoid, tazkiya, ruhiy tarbiya)

Batafsilroq

Ustozlarimdan turli xil yo'nalishlarda, turli xil makonlarda, turli xil zamonlarda ta'lim oldim. Shuning uchun, qaysi ustozimdan qanday yo'nalishni, qachon va qancha vaqt o'rganganim haqida batafsilroq hikoya qilib berishga harakat qilaman.

* * *

1. Onam

Ustoz haqida qisqacha:
Mutaxassislik: Uy bekasi.
Ish joy: Uy.

Qanday yo'nalishdan ta'lim oldim?
• Ruhiy tarbiya
• Kasb hunar
• Hayotiy tajribalar

Qanday tarzda, qancha vaqt? • Bevosita jonli + masofaviy.
• Uzoq yillar.

O'rgangan bilimlarim haqida qisqacha:
• Lotin alifbosida o'qish
• Kril alifbosida o'qish
Maktabgacha lotin tilida ham kril tilida ham bemalol o'qiy olardim.
U paytlari lotin tilida nashrlar bo'lmagan, shuning uchun maktabgacha kril tilida nashr qilingan gazetalarni ham bemalol o'qiy olardim. Hali maktabga bormagan bolani gazeta o'qib o'tirishini tasavvur qilib ko'ring : )
Shunig uchun ham o'qish hayotimni ajralmas qismiga aylangani yoshlikdagi eng birinchi ustozim o'qishni o'rgatganlari sababidandir.
• Qissalar. Ruhiy tarbiyadan dars olishimni eng avvali ham "Saodat asri qissalari" asari bilan bo'lgan. Onam shu kitobni o'qib berardilar, qissalarni eshitib o'tirardim. Lekin o'sha payt nega ba'zida yig'lab o'qishlarini tushunmasdim, uni ancha yildan keyin tushunib yetdim.

* * *

2. Otam

Ustoz haqida qisqacha:
Mutaxassislik: Iqtisod
Ish joy: Pensiya jamg'armasi

Qanday yo'nalishdan ta'lim oldim?
• Ruhiy tarbiya
• Kasb hunar
• Hayotiy tajribalar

Qanday tarzda, qancha vaqt? • Bevosita jonli + masofaviy.
• Uzoq yillar.

O'rgangan bilimlarim haqida qisqacha: • Personal Development (shaxsiy rivojlanish)
Otam shaxsiy rivojlanishim bo'yicha, qo'llaridan kelgan barcha ishni to'la to'kis bajardilar.
Otam men uchun komil inson bo'lganar. Chunki farzandni otadagi haqqi 3 ta bo'lsa, (1-chiroyli ism qo'yish. 2-tili chiqqanida Robbisini tanitish. 3-farzand uchun yaxshi ona tanlash), otam mana shu uchala haqni a'lo darajada bajardilar. Esimni taniganimda eng yaxshi ustozga olib bordilar, dordan qochgan do'stlar yoki ko'chani ta'limotidan oldinroq islom ta'limotlarini o'rganishimga otam sababli bo'ldi. Otam sababli arab tilida tartil bilan o'qishni o'rgandim. Ikkinchi haq, chiroyli ism, qiyomatda shu ism bilan chaqirilishimdan hamd aytaman. Uchinchi haq, "farzand uchun yaxshi ona tanlash", volidam valiy zotni qizlari bo'ldi. Hikmat ila tarbiyalangan onani qo'lida tarbiya topdim. Bularni hammasi Allohni fazli va otamning sababidandir.
• Time management
• Networking (+biznes peregavorlar)

* * *

3. Hakimaxon xoji ona

Qanday tarzda, qancha vaqt? • Bevosita jonli (uylarida)
• Maktabgacha

O'rgangan bilimlarim haqida qisqacha: • O'qish, yozish
• Chizish, odob
Uymiz Ustoz yashagan ko'chada bo'lgani uchun, o'quv qurollarim bilan uylariga kirib maktabgacha kerak bo'ladigan bilimlarni o'rgandim. Ustoz meni yaxshi ko'rib o'rgatardilar. So'ngra oradan 15 yil o'tib Toshkentga ishlagani ketdim, ustoz onamni ko'rganlarida har doim men haqimda so'rar ekanlar va doim (yaxshi ko'rganlari uchun) haqimga duo qilar ekanlar.

Agar sahifa oxirigacha yozilmagan bo'lsa, iltimos komentda menga eslatib yuboring.
Oldindan rahmat : )