Hayotimdan qissalar
December 12, 2021

Sartarosh usta

rasm

Bir qissasi bo‘lmasa surat joylamayman ruknidan 🙃

Oxirgi shtab-kvartiramiz Malika tomonda bo‘lgani uchun, sartaroshxona izlab yo‘lga chiqdim, Malika do‘konlaridan ancha o‘tganimdan keyin, Abror aka (Malika 8B Goodmark do‘koni bosh menejeri) esimga tushib ketdi. Mashvara (maslahat) qilish Qur‘onda kelgani esimga tushdida qo‘ng‘iroq qilib yaqin atrofdan sartaroshxona topolmayotganimni qayerda borligi va qayerni tavsiya qilishlarini so‘radim.

Minor tomonga borib Oloy bozor tomonga yurishimni aytdilar. Aytganlarini qildim va aytganlaridek yo‘ldan shu Bradobrey chiqdi. Kirdim juda elitniy joy, ustalarni ham formalari bir xil atmosfera juda ajoyib.

Ustalarni ichidan, ko‘zida o‘ziga ishonchi bo‘lgan va yoshi kattarog‘ini qidirdim va bo‘shashini kutdim. Haqiqatan men kutgan odam o‘sha yerni katta ustasi ekan.

Qo‘lida chiroyli xunari borligi uchun suhbatga soldim. Bu usta Moskvadagi Bradobreydagi ustalarni o‘zidan o‘rgangan ekan va shogirdlik davrida mijozlarni yo‘qotmaslik uchun shogirdlarga berishmas ekan. Faqat usta bo‘lsa real mijozni sochini olishga haqli ekan. Hullas, "Shunda tajribamni oshirish uchun domlarni aylandim, birma-bir xonadonlarni chaqirib bepul soch oldirishni istaysizmi deb so‘rab chiqdim" dedi. Shu tariqa tajribam orti, ustalardan o‘rgangan bilimlarimni amalda qo‘llashni boshladim, hamma ham bepul soch oldirishni istamasdi lekin istaydiganlarni uzoq izlardim deb o‘rganib Toshkentdagi nufuzli Barbershoplarda katta usta bo‘lib ishlayapti va eng ko‘p navbat o‘sha yigitda edi.

Soch oldirib bo‘lgach, eskiroq uy kiyimida edim, himmat qildi shekilli siz 80 ming bersangiz bo‘ladi dedi ))

Xulosa shuki, bu odamlar kuniga 50 yoki 100 ko‘kat topishidan oldin ancha yillar va ancha mehnat mashaqqatlarni boshdan o‘tkazishgan. Demoqchimanki akalar, ukalar internetdagi chiroyli marketing monipulatsiyasi nafsilaringga yoqib 5-6 oy o‘qib 500 ko‘kat topaman deb o‘ylamanglar, bu haqiqatdan ancha uzoqroq gepotiza xolos.

U usta o‘z hayotidan 5 yildan ko‘pini (tinimsiz, mashaqqatlar bilan) sarflagani ko'rinib turibdi.

O‘zim ham bu janavor kasbni bir nimaga erishish uchun 10 yillab tekin ishladim. So‘ngra dizayn sohasida 2008 dan 2016 yilgacha mutloq bepul ishladim.

Aytildi: "Mashaqqatning miqdoricha martabaga erishiladi".
(Ta'limul muta'allim kitobidan)


"Hayotimdan qissalar" ruknidan Instagram sahifamdagi postdan olindi: