Maqolalar
May 9

Second Brain

Second Brain

Shogirdimiz Ma'ruf Mamurov Second Brain haqida...

To'gr'i ilm avvalo ustozlardan olinadi. Chunki ular siz yurayotgan yo’llarni bosib o’tgan bo’lishadi va maqsadga olib boruvchi eng qisqa, xavfsiz va oson yo’lni ko’rsatishadi.

Ilm olishnig eng samarali usuli – bu jonli suhbat. Texnologiya qanchalik rivojlanmasin jonli suhbatdan olingan ilmdan afzali bo'lmaydi, chunki unda ruhiyat va hissiyot bo'ladi. Suhbat tabiiy kechadi va har bir gapdan kerakli insight olasiz, AGAR eshitaolsangiz.

Ustoz bilan oxirgi bo'lgan jonli suhbatda second brain haqida gaplashdik va buning uchun ishlatayotgan dasturni ko'rsatdilar.

Shu kuniyoq uni ishlatishni boshladim va (uje) allaqachon foydasi sezilyapti.

Ustoz second brain uchun qulay dasturni topishlari uchun kamida bir necha oy izlanish qilgan bo'lsalar, men esa 5 daqiqada shu ilmni jonli suhbatda oldim. Shuning uchun ustozning nafasi kerak.

Second Brain

Second brain - sizni miyangizdagi bor ma'lumotlar markazlashgan holda online saqlanishi

Second brain biror dastur orqali oy va yillar davomida quriladi

Uni qurishning asosiy sababi - miyangizdagi o'y fikrlarni tartiblash va esdan chiqarmaslik.

Man qurishni boshladim va hayolimga biror narsa kelib qolsa ham yozib qo'yyapman.

Masalan, uyqim ba'zida yaxshi bo'lmayapti

Shunga kecha 2-3 minutda o'tirib yaxshi uxlash uchun nima qilish kerakligini yozib oldim second brainga

Googledagi ma'lumotga ko'ra, odamni bir kunda 50.000 yaqin o'y-fikr-hayollar o'tadi)
Bugungi kundagi chalg'ituvchi ma'lumotlarni ko'pligini hisobga olsak, miya tartibsiz bo'lganiga hayron qolmaslik kerak.


Shogirdimiz Ma'ruf Mamurov Second Brain haqida...