Muqaddima
Muqaddima, Hayatud-dunya kitobi
Bu kitob qisqa yo'l, isboti topilgan tajriba, hayotiy tartib, aniq va ishonchli qoida.
Hayotingiz davomida juda uzoq bosib o'tib tushunib yetadigan mohiyatlarni, bu kitob qisqa satrlarda ko'rsatib beradi.
Har bir inson bilimga muhtoj, bilimning mevasi ilm, har bir ilmli insonga tajriba kerak. Inson o'z nazdida yetarli bilimim bor degani bilan, tarjibada ko'rmagunicha (o'z nazdida) isboti topilmagan bilim bo'lib ko'rinadi. Isbotini topmagan ma'lumotlar esa haddan tashqari ko'p. Ularni saralab, eng muhimlarini ajratishga juda ko'p yillar kerak bo'ladi. Yosh yigit qizlar bu yillarni sarflab, holatlarida voqe bo'lgan ilmlarni barchasini o'rganib chiqquncha, ko'plab xatolarga giriftor bo'lib ulgurgan bo'ladi.
Shuning uchun bu kichkina kitob sizga qisqa vaqtda eng muhim ma'lumotlarni qisqa satrlarda qoidalari bilan to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi hayotiy hamroh bo'lib xizmat qiladi.
Hayatud-dunya kitobi — qisqa yo'l, chunki siz bu ma'lumotlarni mohiyatlarni anglashingiz uchun, muallif to'plagan jamiyki ma'lumotlarni o'rganib chiqishingizga to'g'ri keladi, bu uchun esa sizda yetarli vaqt topilmaydi. Mazkur kitobni yozish uchun muallif umrini yarmidan ko'proq muddatigacha ilm o'rganib, (to'plagan bilimlari miqdoricha) hayot mohiyatini tushunib yetganidan so'ng, "Qaniydi shu(bilim)larni juda ozginasini bo'lsa ham avvalroq (yoshligimda) bilganimda, hozir hayotim yaxshiroq bo'lar edi", deb, mazkur dolzarb asarni yozishga qo'l urdim.
Toki ko'zda tutilgan yuzlab katta-katta asarlarni o'qib yetarli ilm olmaguningizcha bu sizlarga hayotiy tajriba sifatida (qo'llanma) yo'lboshchi bo'ladi.
Bu kitob Quron va sunnat, payg'ambarlar hayoti, sahoba va tobeinlar hayoti, ulamolar hayotidan bosib o'tilgan tajribalar, hamda meros qilib qoldirilgan so'zlardan iborat. Shunday ekan bilingki, garchi ba'zi so'zlarga tushunmagan bo'lsangizda, ushbu asarga zid ish qilsangiz, qayerdadir qoqilib (xato qilib) qolishingiz muhaqqaq. Chunki bu kitobda keltirilgan ma'lumotlar, avvalgi hakim zotlar hayotiy tajribasidan o'tgan, isbot talab qilmaydigan haqiqatlar asosida yozilgan.
Qur'on va Sunnatga muvofiq yozildi deganda, bu kitob faqat musulmonlarga kor qiladi degani emas. Avvalo Qur'oni Karim umumbashariyat uchun hidoyat (to'g'ri yo'l). Qolaversa hayotiy qoidalarni Qur'oni Karim va uni ilmini o'rganib, unga ergashgan zotlardan boshqasi anglashi o'ta mushkul ish. Shunday ekan boshqa din vakillari o'qib amal qilsalar mana shu hayotda manfaat topaveradilar. Chunki musulmon ham g'ayridinlar ham mana shu dunyo hayotida yashab o'tadilar. Mana shu yashab o'tiladigan qisqa muddatda muntazam kerak bo'ladigan saralangan muhim ma'lumotlarni mazkur asardan topishlari mumkin. Rioya qilsalar hayotlari yaxshilanadi, rioya qilmasalar, o'zlari istagan balolarga giriftor bo'ladilar.
Muallif sifatida boshqa din vakillarini yozgan (saralangan, eng yaxshi) kitoblarni ba'zilarini o'qidim. Xulosam shu bo'ldiki, aniq manbalarga tayanmay yozilgan hayotiy va falsafiy kitoblarni barchasi, huddi bir chaqaloq dunyoga kelib, 50-60 yil ichida o'zini ko'rgan bilganlarini, bilganicha yozib qoldirganga o'xshaydi. Men mazkur asarni yozishimdagi o'qigan mo'tabar asarlarim esa, insoniyat yaralishidan tortib toki vafot topgunicha bo'lishi mumkin bo'lgan barcha hodisotlar natijalarigacha aniq yozib ko'rsatilgan. Shunday ekan, boshqa hayotiy falsafiy 10 000 ta asarda topiladigan xulosani, men o'qigan mo'tabar asarlarni 10 betida topish mumkin. Holbuki bu Hayatud-dunya asarini yozguncha 500 dan ortiq mo'tabar asarlarni bir necha barobar o'qidim va ko'plarini yod oldim. Shunday ekan o'quvchi kim bo'lishidan qat'iy nazar, mazkur asar orqali hayot mohiyatini ertaroq anglay olishiga umidim bor. Toki insonlarni hayotlari yaxshilansin va islom qanchalik mukammal din ekanini tushunib hidoyat topsin. Xullas mazkur asarni yozishimdan ko'zlangan maqsadim shuki:
"Hayot mohiyatini anglashga ko’maklashish va uning oqibatida baxtli hayot kechirishni o’rgatishni iroda qildim va yaxshi ko’rdim".