Kino industriyasi va ko'rgan top-kinolarim
Kino — texnik vositalar asosida shakllangan badiiy ijod, ekran sanʼatining gultojisi. Badiiy va hujjatli obrazlardan tashkil topgan asar. Borliqni anglash uchun eng oson va esda qolarli noyob vosita.
Kino ko'rishga yoshlikdan qiziqardim, maktab bolasi bo'lganim uchun asosan chet el boevik va fantastik kinolarni ko'rdim. Shuning uchun bo'lsa kerak yoshlikdan qo'l jangi sportlariga uzoq yillar qatnashishimga sabab bo'ldi.
2018 yilgacha 500 dan ortiq qiziqarli kinolarni ko'rib bo'lgandim, so'ngra yil o'rtalariga kelib dizayndan ta'lim bergan Bahrom Kalonov ustoz bilan birga ishlaydigan bo'ldim. Bahrom akani ham ko'p kino ko'rishlarini va kino industriyaga qiziqishlarini bilgach, ishdan tanaffus qilgani ko'chaga chiqqan paytlarimiz shu haqida ko'p suhbatlashdim. o'sha paytdan boshlab kino industriyasi haqidagi qarashlarim tubdan o'zgarib ketdi.
Bahrom aka shu sohada o'qib o'rganlari uchun kino industriyasi haqida bilgan barcha bilimlarini menga o'rgatdilar, senariy yozishdan tortib, har bir kadrni rasmini chizish va uni suratga tushirishdan oxirigacha bo'lgan jarayonlarni hammasini.
Kino degani 480p sifatda telefonda, metroda bekorchilikdan ko'radigan narsa emas ekanini o'rgatdilar.
Natijada shunchaki kino ko'rmasdan u(kino)ni kitob kabi o'qishni o'rgandim.
Geniy rejissiorlarni, mahoratli aktyorlarni, dunyo bo'yicha eng yaxshi ishlangan kinolar haqida barcha ma'lumotlarni aytdilar. Hammasini yozib chiqsam maqolani o'qishga toqatlaring yetmaydi, shuning uchun oramizda blogerlar bo'lsa Bahrom akani o'zlaridan kino industriyasi haqida alohida intervyu olib YouTubega joylasa yaxshi bo'lardi.
Shundan so'ng avvalgi ko'rgan kinolarimni tahlil qildim, dunyo bo'yicha 2 ta baholash (IMDb, Кинопоиск) tizimlaridagi baholarga e'tibor qilib, yangi ko'radigan kinolarimni saralashga odatlandim. Hamda "Кинопоиск" platformasidan ro'yxatdan o'tib avvalgi ko'rgan kinolarimni "Ko'rgan kinolarim" albomiga qo'shib qo'ydim hamda yangi ko'radigan kinolarimni ham "Yandex Plus" ta'rifi orqali reklamasiz eng sifatli formatda ko'rishga odatlandim.
Кинопоиск platformasida ko'rgan kinolarim ro'yxati
Jami ko'rgan kinolarim 750 dan ziyod chiqadi, lekin kinopoiskdagi ro'yxatda 550 ta keltirgan, bunga sabab 3-4 ta seriallarni, 3-4 ta kino deb hisoblagan. Quyidagi ro'yxatda ko'rgan kinolarim barchasi, lekin maqola davomida yoqtirgan kinolarimni ham ajratib qo'ydim.
Batafsil ro'yxat 👇
https://www.kinopoisk.ru/user/48246546/movies/list/type/41400/
Ustoz Is'hoqjon Muhammad domla ham kino sohasiga qiziqardilar
Ustozimiz Is'hoqjon Muhammad domla ham kinolarga qiziqishlarini bildirgandilar va biz shogirdlarga ba'zi kinolarni ko'rishni tavsiya berganlar, misol uchun "In time" kinosini ko'rishimizni aniq ta'kidlab aytgandilar, chunki u kinoda vaqtni tejash haqida o'ta ajoyib tarzda ochib berilgan.
Is'hoqjon Muhammad ustoz — ibratli kino ishlash haqida
"Кинопоиск" platformasi haqida
Yoqtirgan kinolarim qisqacha ro'yxati
- WALL·E | ВАЛЛ·И (2008)
https://www.kinopoisk.ru/film/279102/ - Sherlock | Шерлок (2010 – 2017)
https://www.kinopoisk.ru/series/502838/ - Вселенная MARVEL (Marvel Entertainment - barcha kinolari)
https://www.kinopoisk.ru/lists/editorial/marvel - The Dark Knight | Темный рыцарь (2008)
https://www.kinopoisk.ru/film/111543/ - Alita: Battle Angel | Алита: Боевой ангел
https://www.kinopoisk.ru/film/88173/ - Interstellar | Интерстеллар (2014)
https://www.kinopoisk.ru/film/258687/ - The Shawshank Redemption | Побег из Шоушенка (1994)
https://www.kinopoisk.ru/film/326/ - In Time | Время (2011)
https://www.kinopoisk.ru/film/517988/