2024 yilda O'zbekistonda krizis alomatlari. Bozorlar nega bo'sh?
O'zbekistondagi bozorlar bo'sh bo'lib qolishi haqida so'nggi kunlarda ko'p gapirilmoqda. Bu mavzuda ko'plab videolar va maqolalarni ko'rib chiqib, barcha sabablar bir joyda muxtasar holda keltirilmaganini payqadim. Xalqimiz noto'g'ri xulosaga kelib, tahlil qilishga qiynalmasligi uchun, YouTube, ijtimoiy tarmoqlar va yangilik saytlarida yoritilgan fikrlarni tahlil qilib, barcha manbalardan to'plangan ma'lumotlarni birlashtiruvchi maqolani yozishga qaror qildim.
O'zbekistonda oxirgi 10 yilda (2014 yildan 2024 yilgacha) o'rtacha oylik maosh 290% ga oshgan. Lekin oylikdan boshqa barcha narsalar 300% dan 800% gacha oshdi.
Iqtisodiy Sabablar
- Aholi oyligiga nisbatan mahsulotlar narxi ko'proq o'sdi.
- Aholini oyligiga nisbatan kommunal xizmatlar narxi oshishi (oxirgi 10 yilda 290% oylik oshgan, kommunal xizmatlar esa 500% oshdi. Masalan, suvni o'zi 825% ga oshgan).
- Aholi jon boshiga kredit(qarz)lar soni haddan tashqari ortib ketishi.
- Ta'lim olish narxi daromadga nisbatan qimmatligi. 2 ta farzandi bor ota, maktab yoki universitetda bolasini o'qitaman desa qarzdan boshi chiqmaydi.
Ijtimoiy va huquqiy sabablar
- Xaydovchilarga shtraflar sun'iy oshirilishi va shtrafni bekor qilish (sud) tizimini yaxshi ishlamasligi.
- Aholini tabaqalashishi natijasida boy va kambag'al o'rtasida katta tafovut vujudga keldi. Ya'ni boylar boyidi, kambag'allar yanada kambag'allashdi. Buni oqibatida bozorlardagi miqdoran ko'p tovarlar kambag'al qatlamga mo'ljallangan edi, bu qatlam esa sotib olish qobiliyati pasayib ketdi.
- Firibgarlik avj olishi: Rasmiy manbalarga ko'ra O'zbekistonda firibgarlik oqibatida 51 milliard so'mdan ortiq pul xalqdan o'g'irlangan.
Texnologik va raqamli sabablar
- Real iqtisodiyot bilan virtual olamni bir-biriga qorishib ketgani. Bu esa aniq tahlil va natijalarni bashorat qilolmaslik holatini vujudga keltirdi.
- Treyding rivojlanishi. Noreal narsalar savdosi farqidan daromad qilishni xohlovchilar sonini ortishi.
- Virtual o'yinlarga. Ba'zida 1 ta oiladan 10,000$ gacha pul chiqib ketmoqda.
- Firibgarlik avj olishi
- Virtual qimor va bukmeykerlarga: O'zbekistondan yiliga $300 mln dollargacha chiqib ketyapti. Bukmeykerlik tashkilotlarining faoliyati natijasida katta miqdordagi pul mablag'lari xorijga chiqib ketmoqda, bu esa milliy iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
- Onlayn savdoning oshishi, real-bozorlarga borib xarid qiluvchilarni ma'lum foizga kamaytiradi, lekin bu qisman sabab xolos.
Savdo va Moliyaviy sabablar
- Naqd savdolashishni borgan sari yo'qolib borayotgani. Nasiya savdo yoki kredit savdolar xalqni naqd pullaridan barakani tortib olishi.
Infratuzilma va Transport sabablari
- Transport va infratuzilma muammolari. Oxirgi payt 8-9 ballik tirbantliklar odamlarni bozorga oson borishini to'sadi.
Jamiyatning ba'zi jabhalarida moddalarga tez erishish istagi sun'iy narxni oshishiga olib keldi.
Bu esa bozorning fundamental asoslarini chetlab o'tdi, natijada xaridor sotib olish qobiliyatini yo'qligiga qaramay, sun'iy talab vujudga keldi va narxlar oshib ketdi. Aslida esa talab mavjud emas edi.
Oziq-ovqat va kommunal narxlarini oshishi
O'zbekistonda oxirgi 10 yilda (2014 yildan 2024 yilgacha) o'rtacha oylik maosh 290% ga oshdi. Mahsulotlar narxi esa 435.5% ga oshdi.
- Non (1): 1,000 so'm
- Sut (1 litr): 2,000 so'm
- Tuxum (10 dona): 3,500 so'm
- Go'sht (1 kg): 25,000 so'm
- Kiyim (1 dona): 100,000 so'm
- Transport (oylik): 50,000 so'm
- Kommunal xizmatlar (oylik): 100,000 so'm
- Non (1): 6,000 so'm — 500%
- Sut (1 litr): 10,000 so'm — 400%
- Tuxum (10 dona): 12,000 so'm — 242.9%
- Go'sht (1 kg): 80,000 so'm — 220%
- Kiyim (1 dona): 400,000 so'm — 300%
- Transport (oylik): 200,000 so'm — 300%
- Kommunal xizmatlar (oylik): 600,000 so'm — 500%
Kommunal xizmatlar
O'zbekistonda oxirgi 10 yilda (2014 yildan 2024 yilgacha) o'rtacha oylik maosh 290% ga oshdi. Kommunal xizmatlarning jami o'sishi 495,6% ga oshdi.
Oltin va Dollar narxining oshishi (2014-2024)
- Oltin: 2014 yilda O'zbekistonda 1 gramm oltinning narxi taxminan 85,000 so'm edi. 2024 yilda esa bu narx 1,038,000 so'mga yetdi. Bu degani oltinning narxi 10 yilda taxminan 1121,2% ga oshgan.
- Dollar: 2014 yilda 1 AQSh dollari 2,330 so'm atrofida edi. 2024 yilda esa 1 AQSh dollari 12,000 so'mdan oshdi. Bu esa dollar kursining taxminan 415,9% ga oshganini anglatadi.
Natija: Oltin: 1121,2% | Dollar: 415,9%
Tashqaridagi muhojirlardan kelayotgan pulni 50-60% ga kamayishi
O'zbekistonga o'tgan yilga nisbatan bu yil muhojirlardan kelgan pul o'tkazmalarini kamayishi (milliard AQSh dollarida)
Korrupsiya
Yangi O‘zbekiston davrida korrupsionerlar 3,2 trillion so‘mlik zarar keltirdi
Transparency International xalqaro tashkilotining 2021 yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 2020 yilga nisbatan 6 pog‘onaga yuqorilab, 180 davlat ichida 140-o‘rinni egalladi. Tashkilotning yozishicha, so‘nggi o‘n yil ichida 131 mamlakat korrupsiyaga qarshi sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmagan.
O‘zbekiston 100 balllik indeks bo‘yicha (bu yerda 0 — korrupsiyaning o‘ta yuqori darajasi va 100 — juda past daraja) 28 ball to‘pladi. Shuningdek, Pokiston, Mavritaniya va Myanma davlatlari ham O‘zbekiston bilan bir xil ball to‘plagan.
Korrupsiyaning iqtisodga zararlari
- Korrupsiya natijasida davlat soliqlari va bojxona to'lovlaridan to'liq foydalana olmaydi, chunki ba'zi daromadlar yashiriladi yoki noto'g'ri hisob-kitob qilinadi.
- Korrupsion amallar natijasida davlat mablag'lari samarasiz loyihalarga sarflanadi, bu esa budjet tanqisligini oshiradi.
- Korruptsion tizimlarda tadbirkorlar qo'shimcha xarajatlar va to'lovlar bilan duch kelishadi, bu esa ularning faoliyatini qiyinlashtiradi va rivojlanishni to'xtatadi.
- Korrupsiya iqtisodiy o'sishni sekinlashtiradi, bu esa yangi ish o'rinlari yaratilishiga to'sqinlik qiladi va kambag'allik darajasini oshiradi.
- Korrupsiya sog'liqni saqlash, ta'lim va boshqa davlat xizmatlarining sifatsiz bo'lishiga olib keladi, chunki mablag'lar noto'g'ri yo'naltiriladi.
- Ishonchning Yo'qolishi. Fuqarolar davlat institutlariga va hukumatga ishonchini yo'qotadi, bu esa jamiyatda barqarorlikni pasaytiradi.Korrupsiya bilan kurashish orqali davlat budjetining samarali boshqarilishi, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va fuqarolarning farovon hayoti ta'minlanishi mumkin.
O'zbekistonning tashqi qarzning o'sishi (2014-2024)
- 2014 yilda O'zbekistonning umumiy tashqi qarzi 11,6 milliard dollarni tashkil etgan.
- 2024 yilda esa O'zbekistonning umumiy tashqi qarzi 35,5 milliard dollarni tashkil etdi.
O'zbekiston iqtisodiy o'sishi va tashqi qarz nisbati quyidagicha:
Eng ko'p narx tushishi kutilayotgan yo'nalishlar
- Birlamchi va ikkilamchi bozordagi uy-joy narxlarini qulashi
- Kredit bilan bog'liq bo'lgan barcha mahsulotlar
- Mahalliy bank aksiyalari
Moliyaviy Qiyinchiliklar
- Jarimalar: Haydovchilarga nisbatan ko'plab jarimalar qo'llanilishi ularning daromadlariga katta ta'sir qiladi. Agar haydovchilar oylik daromadlarining katta qismini jarimalarga to'lashga majbur bo'lsalar, ular kamroq xarid qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Kreditning haddan tashqari oshirilishi
- Kredit Yuki: Odamlar katta miqdorda kredit olishlari va keyinchalik ularni to'lash majburiyati bilan bog'liq qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Kreditlar odatda to'lanishi kerak bo'lgan foizlar bilan birga keladi, bu esa qarz yukini oshiradi.
Ijtimoiy stress va norozilik
- Stress: Haydovchilar va taksichilar jarimalar tufayli katta moliyaviy va ijtimoiy stressga tushishi mumkin. Bu ularning umumiy kayfiyatiga va xarid qilish odatlariga ham ta'sir qiladi.
Qisqa muddat uchun Sun'iy talab yaratish
- Sun'iy ravishda talab yaratish orqali qisqa muddatda bozorlarda mahsulotlar narxlari oshadi, lekin uzoq muddatda real talabni kamaytiradi, chunki odamlar haqiqiy ehtiyojlariga emas, balki sun'iy yaratilgan talabga asoslangan xaridlar qilgan bo'lishadi.
Qarzdorlik va noaniqlik
- Odamlar kreditlar tufayli qarz yuklarini olishlari iqtisodiy noaniqlikka olib keladi. Odamlar kelajakdagi moliyaviy holatini oldindan bilolmagani uchun, ular bozordagi xaridlarni kamaytirishga harakat qiladi.
- Moliyaviy Stress: Odamlarning katta miqdorda qarz olishlari va ularni to'lashda qiynalishlari moliyaviy stress va ijtimoiy muammolarni kuchaytirishi mumkin. Bu esa ularning umumiy xarid qilish imkoniyatlarini yanada pasaytiradi.
Real bozorga ishlatiladigan pullarni, bugungi kundagi boshqa ulushlari
- Ipoteka kreditlari;
- Avtokreditlar;
- Boshqa kreditlar (nasiya savdo ham)
- Shtraflar;
- Maktab va boshqa ta'lim dargohlari;
- To'y va marosimlarga ehtiyojdan tashqari keraksiz narsalar;
- Marketing hiyla-nayranglariga uchib keraksiz narsalar sotib olish;
- Treyding, virtual o'yinlar va bukmekerlik saytlari kabilarda pul yo'qolib ketishi.
Marketingda hiyla-nayranglar bilan savdo qilish
Globallashgan davrda marketing va reklama strategiyalari tobora rivojlanib, ko'p odamlar keraksiz narsalarni sotib olishga moyil bo'lib qolishmoqda. Bu nafaqat shaxsiy moliyaviy holatga salbiy ta'sir ko'rsatadi, balki umumiy iqtisodiy barqarorlikni ham zaiflashtiradi.
Manipulyatsiyaga tushmaslik uchun maslahatlar
- Har bir xarid oldidan o'zingizga savol bering: "Bu narsaga haqiqatan ham ehtiyojim bormi?" Ehtiyoj va istak o'rtasidagi farqni aniqlash sizni keraksiz xaridlar qilishdan saqlaydi.
- Agar biror narsani sotib olishga qaror qilsangiz, darhol xarid qilmang. O'z o'zingizga kamida 24 soat vaqt bering. Bu vaqt ichida mahsulotning haqiqiy kerak yoki kerak emasligini yaxshiroq tushunishingiz mumkin.
O'zbekistonda demografiya 50% ga tushib ketdi
- 1990-1995 yillarda har bir ayolga 4 nafar bola to'g'ri kelgan bo'lsa,
- 2010 yildan keyingi yillarda bu ko'rsatkich 2 nafarga tushgan.
-50% pasayish.
Tug'ilishni kamayish oqibatlari:
- Mehnat bozorida: Ishchi kuchining kamayishi, mehnat bozorida ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklif o'rtasidagi muvozanatni buzishilishi;
- Ijtimoiy ta'minot tizimida: Pensiya tizimiga yuk — Tug'ilish ko'rsatkichini tushib ketishi, keksalar sonining ko'payishi, pensiya tizimiga qo'shimcha yuk olib keladi;
- Iste'mol va talab: Iste'mol bozorida tug'ilishning kamayishi iste'molchilar sonining kamayishiga olib keladi, bu esa ichki bozordagi talabni pasaytiradi;
- Uy-joy va ta'lim: Bolalar sonining kamayishi uy-joy va ta'lim xizmatlariga bo'lgan talabni pasaytiradi;
- Innovatsiya va texnologik rivojlanish: Yangi ixtirolar — Yangi avlodlarning kamayishi innovatsiya va texnologik rivojlanishga salbiy ta'sir ko'rsatadi, ya'ni yangi g'oyalar va ixtirolar kamroq bo'ladi.
- Demografik yuk koeffitsienti: Ishchi yoshidagi aholi soni kamayib, pensiya yoshidagi aholi soni ortadi, bu esa ishlayotgan aholi uchun qo'shimcha yuk bo'ladi.
- Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar: Keksalar sonining ko'payishi sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar uchun qo'shimcha xarajatlarni talab qiladi.
Suv tanqisligi
- Suvning umumiy yo'qotilishi: 2018 yilda O'zbekistonda ichimlik suvi ishlab chiqarish hajmining taxminan 32 foizi yoki 469 million kubometr suv yo'qotilgan
- Suv ta'minoti va talab: O'zbekiston aholisi va iqtisodiyotining o'sishi suvga bo'lgan talabni oshirgan. Mamlakat suv tanqisligini 13-14 foiz atrofida his qilmoqda va bu ko'rsatkich 2030 yilga kelib 44-46 foizga yetishi kutilmoqda.
- Suv tariflari oshishi: 2023 yilda Toshkentda ichimlik suvining 1 kubometri uchun tariflar 950 so'mdan 1,700 so'mga oshgan, bu esa qishloq xo'jaligi va sanoat tarmoqlariga ta'sir ko'rsatmoqda
- Aholining suv stressiga duch kelishi: O'zbekiston 164 mamlakat orasida suv stressi bo'yicha 25-o'rinda turadi.
- 2018: 32% ichimlik suvi yo'qotilishi.
- 2030: 44-46% suv tanqisligi prognozi (o'rtacha 45%).
- 2023: Ichimlik suv tariflarining 78.9% ga oshishi.
Yechim
- Antikorrupsiya choralarini kuchaytirish: Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish va davlat boshqaruvidagi shaffoflikni oshirish. Bu davlat resurslarining samarali va adolatli taqsimlanishiga yordam beradi.
- Soliq siyosatini yaxshilash: Soliq tizimini soddalashtirish va kichik va o'rta bizneslar uchun soliq imtiyozlarini joriy etish.
- Byurokratik to'siqlarni bartaraf etish: Biznes ochish va yuritishdagi byurokratik to'siqlarni kamaytirish. Bu tadbirkorlikni osonlashtiradi va iqtisodiy o'sishga turtki beradi.
- Universitetlar va Ta'lim sifatini oshirish: Oliy ta'lim sifatini oshirish va xalqaro ta'lim standartlariga moslashtirish.
- Bozor iqtisodiyotini fundament(asos)lariga qaytib fikrlay oladigan yetuk iqtisodchilar fikri. Xalq xolis mutaxassislarni fikrini eshitishga tayyor. Bugungi kunda shubhasiz O'zbekiston aholisi xolis, jonkuyar iqtisodchilarga muhtoj.
- Hali topilmagan pul evaziga hayot kechirishni to'xtatish: Kredit, nasiya savdolarga o'ch bo'lmaslik. Naqd sotish va naqd sotib olish. O'zaro qarzlardan qutulish.
- Virtual (yo'q bo'lib ketadigan, hech narsa) xaridlarga barham berish: Virtual qimor, virtual o'yinlarga pul kiritishga barham berish. Real hayotga qaytish
- Firibgarlarga aldanmaslik. Raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanishni o'rganish.
- Real savdolar bilan shug'ullanib O'zbekiston iqtisodiyotiga foyda olib keladigan o'qimishli farzandlarni tarbiyalash.
- Suvni tejash. Bu muammolar qanchalik katta bo'lib ko'rinmasin, lekin 45 sahifali "Isrof" kitobida allaqachon yechim yozilgan. Kitob muallifi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh.
Foydalanilgan manbalar
- Saytlar: kun.uz daryo.uz, gazeta.uz, aniq.uz, zamin.uz, kursiv-media, O'zbekiston Markaziy Banki (cbu.uz), Jahon banki (data.worldbank.org), Xalqaro Valyuta Jamg'armasi (www.imf.org)
- YouTube: Fikrat - tahliliy dasturi, UzDiplomat.uz va boshqa tahlilchilar
- Ekspertlardan jonli intervyular
- Xalqaro statistikalar
Manbalar asosida Rahimjon Gaziyev tayyorladi.
(03 iyun 2024 yil)