1,5 litrli gazsiz suv
Biz esa shogirdimiz monitor olguncha fursatdan foydalanib, 3 yildan beri orzu qilib keladigan narsamizga vanihoyat bugun erishdik π
Aslida gazsiz tirik suv ichish strategiyasi ertaroq paydo bo'lgan, faqat uni realizatsiyasi shu bugunga qadar ekan.
Aniqrog'i 2017 yili Minor'dagi shtab-kvartirada choy qaynatib, suvni o'ldirib so'ng baklashkaga quyib, yarim kun tindirib ichishga, azbaroyi ko'p vaqt sarf bo'lgandan keyin tayyor suv ichish ideasi paydo bo'lgan. π
Lekin u paytlari har doim ham 10 litrli suv sotib olishga imkon bo'lmasdi π
10 litrli suv sotib olganimda, har safar piyolaga quyish ham ko'p vaqtni olardi, shunda bo'sh 1,5 litrli baklashkaga quyib olish kamroq vaqt olishini test qilib ko'rdim. Lekin ba'zan 1,5 litrli baklashkaga quysa 10 litrli suvni muvozanatini usholmay bir necha bor gilomlarga to'kib yuborganman, hullas har safar baribir o'sha kuler deb atalgan apparatim bo'lishini orzu qilardim.
Vaqtiki 2018 yili 1 xonali Chilonzordagi shtab-kvartiraga ko'chdim, u yerga eng birinchi shogirdim Mavlonbek kelganida, endi 2 kishi edik, shunda o'rtaga 2500 so'mdan pul tashlab, 5 litrli suv olib chiqishni yo'lga qo'ydik. Quyish ham ancha osonlashdi.
O'sha paytlari, tanaffus paytida suv ichib o'tirib, hozir qattiq ishlab turaylik bir kun keladi, o'zimizni suv quyadiganimiz bo'ladi derdim, tugmasini bossa o'zi suv tushadi deb orzu qilib o'tirardik, chunki o'sha paytdagi daromadimiz zo'rg'a kundalik chiqimlarimizni qoplar edi. Aksar hollarda kvarplata to'lashga qarz olardik. (bu haqida shaxsiy instagramimda batafsil aytganman)
Qachonki Darxon'dagi shtab-kvartiraga ko'chganimizda, daromadimiz asta orta boshladi, shunda birinchi bor 1,5 litrli hydrolife gazsiz suv sotib olishga imkoniyat bo'ldi. Endi ancha vaqt tejaladigan bo'ldi, kuler apparatdan yagona farqi, sovuq kerak bo'lsa xolodilnikdan olib, yarmida isib qolsa, yana abratno xolodilnikka solib sovutib, qishda kofe damlash uchun yana choy qo'yib qaynatib hullas gradusni o'zimiz kontrol qilardik, mana shu komfort jihati kamchilik edi xolos.
Bu gaplarni aslida kuler apparatga aloqasi yo'q, bu maqolani konsovkasi, aynan ota-onasini qiynalib topgan pulini o'zini kayfi uchun havoga sovuruvchi (nenormal) shogirdlarga bag'ishlanadi.
Atagi 1,5 litrli suvni (o'sha paytda 1800 so'm edi) olish uchun 3 yillik roadmap (yo'l)ni bosib o'tdik, daromadimiz miqdoriga nisbatan, quyidagicha bosqichlarga ajratsak:
- Kunlik daromad 10-15 ming topayotgan paytim (2016-2017 yillar), ba'zan oylik daromad 200 000 so'm bo'lgan payt β Suvni qaynatib bo'sh baklashkalarga quyib tindirib ichdik. Narxi: 0 so'm.
- Kunliik daromad 20-30 ming bo'lgan payt (2017-2018 yillar) 10 litrli suv. Narxi: 7500 so'm.
- Kunlik daromad 50-100 ming bo'lgan payt (2018-2019 yillar) 1,5 litrli suv. Narxi 1800 so'm.
- Kunlik daromad 100-300 ming bo'lgan payt (2019-2020 yilgacha) hamkasblar bilan kelishib o'rtaga pul tashlab shirinsuv oldik. Narxi: 2 kishi boshiga 3500 so'mdan.
- Kunlik daromad ??-???$ (2020 mart - 2021) vanihoyat 200$ ga xolodilnikli suv quyadigan kuler, ya'ni 2017 yilgi niyat qilgan orzuyimizga yetdik. 08 Sentyabr 2020 yil.
Kecha shaxsiy instagramimda aytganimdek, bir maqsadga erishish uchun, uni realizatsiyasi kerak bo'ladi, 2017 yilgi qo'yilgan maqsadga sal kam 4 yil deganda va 5 bosqich asosida erishildi.
Men sizlarga bugungi kundagi nenormal shogirdlar ota-onasini pulini (yosh bolacha shakllanmagan aqli va o'zlashtirmagan bilimi bilan) istaganicha tasarruf qilishini batafsil gapirib berishim shart emas.
"Hazrati Mavlaviy - Hindistoniy" nodir asarni o'qiyotgan paytimda,
"Ozgina narsa ko'p narsani anglash uchun kifoya qiladi"
degan gaplarini chuqur tafakkur qilgandim. Chindan ham shu gaplariga muvofiq, faqatgina shu suvni ozidan misol keltirish bilan kifoyalanaman.
Yangi kelgan shogirdlarni aksariyatlarini tutgan va tutayotgan yo'llari:
- Daromadi 0 (nol)ga teng, bu aniq.
- 1 yil ichida 1 tiyn ham pul topolmasligini 99,9% aniq.
- Oladigan suvi 0,5 kola fanta, bo'lib ham qimmat do'konchaga kuniga 3 martadan qatnaydi. 4000 x 3 = 12 000 so'm.
Men sizlarga shu o'rinda Amerikalik milliarder, muvaffaqiyat cho'qqilarini zabt etgan tadbirkor Roberk Kiosaiki'ni oltinga teng bir gapini aytib o'taman: "Sen (deydi R.Kiyosaki) qachonki 1$ summani (o'rinli) tasarrufi (bilimi)ga (ega) bo'lmas ekansan, hargiz na 100$ni, na 1000$ summani to'g'ri tasarruf qila olmaysan. (tasarruf β biron idrokli mavjudodning qaysidir resursni mustaqil sarf qilishi)
Buni tushungan va xulosa qila olganlar kelajaklari naqadar baxtli insonlar.
Yaxshiyam xalqimizda "Ko'rpangga qarab oyoq uzat" degan narmalniy strategik va sistematik maqol bor. Absalyutna nol daromadga ega polaponlar shuni o'ziga rioya qilsa ham katta gap.
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari kelgan hadisga qarasak:
"Kim oziga shukr qilmasa, koΚ»piga ham shukr qilmaydi."
Mana shu ota-onasi qiynalib topayotgan pullarini ko'kka sovurayotgan xuligan yosh o'g'lonlarni, boshqa narsalarni ham qadriga yetishi judayam amrimahol bo'lib qoladi. Bir kichik isrof eshigini ochgan odam, ikkinchi bir katta isrof eshiklarni ochishi judayam judayam oson ochib-ochib ketaveradi...
Hatto kuniga 100 ko'kat topadigan shogirdlarim ham birontasi 0,5 falon pulli suvlar olib ichishmaydi. Aynan shuning uchun ular, bugungi kunda kuniga yuz ko'kat topishyapti. Men bu bilan shogirdlarga yoki boshqalarga biron cheklov qo'ymoqchi emasman, hech qayerda cheklov yo'q, qarorlar har dom har kimning mustaqil o'zida qoladi. Ammo
Bu hayotda yagona anglashimiz kerak bo'lgan bir haqiqat borki:
"Qadr-qimmatning qadriga yetgan kishigina qadr topajak. Qadrsizlangan har bir narsa zavol topajak".
(Hayatud-dunya kitobidan).
ββββββββββββ
@redfoxacademy life