2 ta sifatsizdan, 1 ta sifatli yaxshi
3 yil oldin 2 ta shogirdim bo'lardi, u paytlari ham shogird tushish bepul bo'lgan, xullas ikkalalarini ham sharoitlari yaxshi emasligini ko'rib, "Ta'limul muta'allim" kitobida ta'lim oluvchiga 3 narsa shart qilinganidek: Qiziqish, ustoz, moddiy ta'minot. Qiziqishlari borligi tufayli, ham ustoz sifatida ham homiy sifatida yordam qilib chiqimlarini qopladim, oradan ancha vaqtlar o'tdi dizayn va marketingda bir qancha bilimlar olishdi, so'ng birlariga 7-8 oy bo'lgandi, birlariga 1 yildan oshgandi.
Bir payt ikkovlari ham zudlik bilan ketishimiz kerak deyishdi, kasb o'rgansalaring daromad ham topasilar qarzlaring ham tez qoplanadi dedim.
Bu kasbni eplolmadik, qurilishdan ishga chaqirishyapti, qurilishdan pul topib bo'lsa ham oilamizga yordam berishimiz kerak, deb ikkovlari bir vaqtda ketishdi.
Oylik chiqimlari 1 mln atrofida bo'lgani uchun, birlari 800$ atrofida, birlari 1000$ dan oshiqroq miqdorda qarzlarini to'lamay ketishdi. Bu man uchun o'ta og'ir keldi, chunki kompaniyani holati o'zi og'ir edi, shu bollar o'rgansa o'zlari ham pul topadi, qarzlarini ham uzishadi deb niyat qilgandim. Qolaversa ikkovlariga mehr qo'ygandim, birlariga marketingni o'rgatish maqsadida mijozlarni kompaniya rahbarlari bilan suhbatga olib yurardim, kiyimlari yaxshi bo'lmagani uchun, sifatli kiyim do'koniga olib kirib o'zim did bilan yaxshi kiyimlar tanlab, oyoq kiyimigacha moslab berardim.
Xullas ketishgandan so'ng, hech qancha o'tmay, telegramda dizaynerlar guruhida smm dizaynlarni o'sha bollardan biri tashlab fikr olyapti, suhbatni kuzatgan shogirdlarim aytib bergandi, u bollarni ishlariga havaskor dizaynerlar havas qilyapti va qayerdan o'rgangansiz deb so'rashdi. Ular, "hammasini o'zimiz o'rgandik" deb kerilishyapti lekin biron marta na sizni aytishmadi na redfox'ni deb yonimdagi shogirdlarimni qattiq jahllari chiqqandi.
Men, mayli qo'yaveringlar e'tirof qilsa ilmim ziyoda bo'lib, e'tirof qilmasa martabam tushib qolmaydi. Kim nima qilsa o'zi uchun qiladi, kelajakda bu g'ururlarini javobi bo'lishi aniq degandim.
Oradan 2 yil o'tib bir kompaniya direktori yangi loyiha tashkillayotganini aytdi va shunga yordam qilishimni so'radi. Kompaniya egasi o'zida ham dizaynerlar bor, o'zizdan dars olgan shogirdlar ekan, sizni yaxshi bilib taniganim uchun o'sha 2 ta shogirdiz bilan ishlayapman deb qoldi. Men xayron bo'ldim, kim ekan bular deb, ismlarini aytganda bir narsani tushundim, bular ommaviy ishlarda "o'zimiz o'rgandik" deb ko'krak kerib yuribdi ekan, lekin ishga kirishda mani ismimni sotib kiryapti ekan.
Xullas alohida xona ajratib berasiz dedim,
2-3 ta dizayner shogirdlarimni o'zim bilan olib borib ishladik, kompaniya direktoriga bir shogirdimni ishlari yoqib qoldi, shu bolani manga bering deb jiddiy talab qilib so'rab qoldi, men shogirdimni o'zidan so'radim, oyligingni yaxshi qilib berishadi ishlab ko'rasanmi, deb. "Siz nima desangiz shu ustoz" dedi. Kompaniya direktoriga hozir bu yonimdagi salohiyatli bollardan, o'zimga ham kerak desam, "Abdurahim sizni taniymanu bunaqa bollardan yana 100 ta tayyorlab olaverasiz manga zarur bo'lyapti" deb oxiri ko'ndirdi.
Bir narsa ajablanarliki, kompaniya egasi, boyagi 2 ta bolani ishdan bo'shatib 1 ta shu yigitni olaman dedi va ularga berayotgan oylikdan 2 barobar to'layman dedi.
O'sha payt ichimda shunday hislar o'tdi, bular bir paytlar qadr-qimmatni qadriga yetmagan yolg'on gapirib ketgan nonko'r bollar edi, bugun ular ilmda ham kasbda ham rivojlanolmaganligi sababli, yonimdagi 1 ta shogirdim to'g'ri yo'l bilan o'rnilariga duo va halol yo'l bilan ishga kirdi. Demak banda halol-haromni tanlashi o'z ixtiyorida ekanligiga yana bir bor iymonim komil bo'ldi.
Shogirdimga boshlanishiga 6 mln oylik berishiga kelishdim va pastga tushib hammamiz birgalikda ishlariga rivoj baraka tilab duo qildik.
Bu voqeaga Muhammadali (namunali shogirdim) va 2 ta shogirdim guvoh bo'lib, aytdilarki, ustoz hayotni ishlash mehanizmi bor uni bandalar emas, Alloh toalo boshqaradi deb ko'p gapirar ediz, bugun bu voqeadan keyin qalblarimiz to'lqillanib iymonimiz yana ham komil bo'ldi deb xursand bo'lishdi.
Kapalak degan she'rimdagi quyidagi satrlari o'sha nonko'rlarga atalgan edi deb so'zimni tugatdim:
Bilmsizlik payti ustozim siz deb, E‘tirof qildilar ba‘zi bir joyda. Lekin pul topishni o‘rganib olib, O‘zim o‘rgandim deb ko‘krak kerdilar. Faqat dunyo ekan dardu nolasi, Diyonatga zor dahriy kimsalar