Savol hikmati
O'zi umuman olganda "Talaba" yoki "Tolib"ni ma'nosi, ilm talab qiluvchi bo'ladi. Tolib ilmni o'zi talab qilib olmasa, hech kim uni miyyasini qoppog'ini ochib, xuddi telefonga chip solgandek Gegabaytlab ma'lumotni quyib qo'yolmaydi.
Zotan tolib o'zi istamasa ongiga hech nima yetib bormaydi, xotirasi xuddi hech nima bo'lmagandek qabul qilolmaydi.
Bu ta'limotlar hammasi mukammal dinimizdan, oyat va hadislardan, ta'limul muta'llim kabi mo'tabar asarlar asosida aytilgan. Qolaversa zamonaviy mediklar ham inson diqqatini jamlanishi savolga uzviy bog'liqligini isbotlagan.
Bola savol berarkan, diqqatini to'g'ridan to'g'ri javobga qarata oladi. Ammo sinf xonasidagi 30 ta bolaga mudarris dars o'tarkan (agar bola shu darsni o'zi uchun eng muhim deb bilmasa) juda ozchilik diqqatini jamlab yodida saqlab qola oladi.
Zamonaviy tibbiyot isbotlagan narsa shuki, bola savol bergan vaqtda, nerv sistemalari to'laqonli ishlashni boshlaydi va darsda o'tirgan bolaga nisbatan 65% yaxshi eslab qoladi.
Bu meditsinani gapi, xotira turlarini ancha yillar oldin o'rganib chiqqan paytimda 4 ta muxtasham omilni aniqladim, shulardan birdaniga 2 tasi savol bergan paytda ishga tushadi, neyronlarni faollashuvi va muhimlilik darajasi (miyyada impuls chastotalar yuqorilashi), bu orqali xotirada chuqurroq o'rnashadi.
3 yoshli bolani beradigan savollari kitobga tushursa butun boshli Ensiklopediya bo'lishini allaqachon isbotlashgan.
Alloh taolo balog'atga yetmagan yosh bolani o'zi qiziqqan va o'zini holatida voqe bo'lib turgan nimayiki kerak bo'lsa so'rab o'rganib oladigan qilib qo'ydi. Tasavvur qiling bola savol bermasa, kim unga kelib kuniga 5-6 soatlab dars o'tadi?
Qachonki bola balog'atga yetganda yoshlikdagi haqiqiy "Tolib" bo'lganini unutib, kimdir nimalarnidir o'rgatishini kutib yashaydi.... Afsuski bu qisqa yo'l emas, bu natijasi chiqmaydigan cheksiz orzu qilishlik xolos.
Asl to'g'ri va qisqa yo'lni, olamlarni Yaratgan Zot ko'rsatib qo'ydi.