T-TV muvozanati | G'oz va oltin tuxum hikoyasi misolida
Bir kuni kambag'al dehqon g'ozning inida oltin tuxum topib oladi. Boshida qandaydir nayrang bo'lsa kerak deb o'ylaydi. Ammo tuxumni ag'darib ko'rganida bu tuxum haqiqiyligini biladi.
Tuxum toza oltindan! Dehqon ko'zlariga ishonmaydi. Bu hol ertasi kuni yana takrorlanganida hayhrati oshadi. Kelasi kuni u yana g'oz iniga chopadi va yana bitta oltin tuxumni ko'radi. Dehqon favqulodda boyib ketadi; hammasi haqiqatligi qanday yaxshi. Lekin ortib borayotgan boylik o'z ortidan sabrsizlik va ochko'zlikni ergashtirib keladi.
Oltin tuxumlarni bir kuni kutishga sabri chidamagan dehqon ularning hammasiga birdan ega bo'lish uchun g'ozni ichini yorishga qaror qiladi. G'ozni ichini yorib ko'rganida u yerda hech narsa yo'qligini ko'radi. Hech qanday oltin tuxumlar yo'q, endi boshqa tuxum olish imkoni ham yo'q edi.
Dehqon tuxumni ta'minlab beruvchi g'ozni o'ldirgandi.
Masalada ko'rinib turgan samaradorlik 2 narsa:
Agar siz faqat oltin tuxumlarga e'tibor berib, g'ozni e'tibordan qochirsangiz, tez orada ta'minot vositasidan ayrilib qolishingiz mumkin. Boshqa tomondan, oltin tuxumlarga ega bo'lishni o'ylamay faqat g'ozga e'tibor qaratsangiz, tez orada o'zingizni yoki g'ozning qornini to'lqash uchun kerak bo'luvchi kerakli mablag'dan mahrum bo'lasiz.
Samaradorlik muvozanatdadir
T β kutilmgan ta'minot, ya'ni oltin tuxumlar
TV β ta'minot vositasidir.
3 vosita
Moddiy
Bir necha yil avval moddiy vosita - Changyutgich sotib oldim, uni ta'mirlamasdan qayta-qayta ishlataverdim. Qurilma 2 mavsum yaxshi ishladi, keyin ishlamay qoladigan odat chiqardi. Uni tuzatishga harakat qilganimda, qurilma matori yarmini yaroqsiz holga kelgan ekan. U endi befoyda matohga aylanib qoldi.
Agar men TV'ga e'tibor qaratganimda, o't o'rish mashinasini ta'mirlab, yaxshi saqlaganimda hali ham T'dan, ya'ni toza uydan huzurlanayotgan bo'lardim. Qurilmani yangilash uchun uni ta'mirlab turishimga ketadigandan ko'proq pul va vaqt sarfladim. Bu shunchaki samarasiz natija bo'lgandi.
Qisqa muddatli daromad yoki natijani o'ylagan holda, biz ko'pincha avtomobil, kompyhuter, kir yuvish mashinasi, hatto tanamiz yoki atrof-muhit kabi moddiy ta'minot vositalarni vayron qilishga odatlanib qoldik.
T va TV o'rtasidagi muvozanatni saqlash jismoniy vositalardan samarali foydalanishda katta rol o'ynaydi.
U shuningdek, moliyaviy vositalardan samarali foydalanishga ham muhim ta'sir ko'rsatadi. Odamlar ko'pincha asosiy sarmoya bilan undan keladigan foydalarni chalkashtirb yubormayaptimi? Yashash sharoitingizni yaxshilash, yanayam ko'proq oltin tuxumjlar olish uchun asosiy sarmoyaga murojaat qilganmisiz hech? Asosiy sarmoyaning kamayishi undan keladigan foizlar yoki daromadning pasayishi demakdir. Kamayyotgan kapital kichrayib boraveradi va oxir-oqibat asosiy ehtiyojlaringizni qondirolmay qoladi.
Bizdagi eng muhim moliyaviy vosita - pul topish imkoniyatimizdir. Shaxsiy TV'ni yaxshilashga doimo sarmoya kiritib bormasak, imkoniyatlarimizni keskin cheklab qo'yamiz. Jamoa yoki xo'jayinning biz haqimizdagi fikridan qo'rqib, moliyaviy qaram bo'lgancha hozirgi holatimizga qamalib o'tiraveramiz. Yuqoridagi kabi bu ham shunchaki samarasiz natija.
Insonlar o'rtasida
Insonlar o'rtasidagi T/TV muvozanati boshqalariga qaraganda muhimroq o'rin egallaydi. Chunki aynan insonlarda jismoniy va moliyaviy ta'minot vositalarini nazorat qilish imkoniyati mavjud.
Agar nikohdagi ikki kishining har biri ko'proq foydaga ega bo'lish haqida qayg'ursa, munosabatlarni iloji boricha o'zining foydasiga burishga harakat qiladi.
Ular o'zaro mehr va hamdardlik tuyg'ularining teran munosabatlar uchun zarur ekanligini mensimay, ko'pincha beparvo va bee'tibor bo'ladi. Juftliklar bir-biriga ta'sir o'tkazish, o'z ehtiyojlariga e'tiborni qaratish, o'z pozitsasini oqlab, umr yo'ldoshining nohaq ekanligini isbotlovchi dalillar qidirish bilan ovora bo'lib qoladi. O'rtasidagi rishtalar o'z-o'zidan yomonlasha boshlaydi. "G'oz" kundan kunga kasallanib boradi.
Farzandlar misolida
Ota-ona va bola o'rtasidagi munosabat-chi? Bolangiz go'dakligida sizga qaram va ojiz bo'ladi. Bundan esa, uni tarbiyalash, muloqotda bo'lish, tinglash kabi TVga yo'naltirilgan ishlarni e'tiborsiz qoldirilishi ehtimoli oshadi. Ayni paytda sizda ustunlikni o'z qo'lingizga olishga, farzandingizga ta'sir o'tkazishga, xohlaganingizni talab qilishga barcha imkoniyatlar muhayyo.
Siz kattaroqsiz, aqlliroqsiz va siz haqsiz. Shunday ekan, nima uchun bolangizga nima qilish kerakligini uqtirmas ekansiz? Kerak bo'lsa, unga baqirasiz, qo'rqitasiz, o'z yo'lingizdan yurishni talab qilasiz.
Yoki uni o'z holiga tashlab qo'yishingiz mumkin. Boshqa ishlarga chalg'ib, farzandingiz istagini bajarishga sharoit yaratib berishingiz mumkin. Ana shunda u shaxsiy intizom va mas'uliyat tuyg'ularidan yiroq bo'lib ulg'ayadi.
Qattiqqo'l yoki hamma narsaga yo'l qo'yib beradigan - ikkala holda ham siz oltin tuxum dardidasiz. Hamma narsa siz xohlaganday bo'lishini yoki sizni yaxshi ko'rishlarini xohlaysiz. Ayni paytda g'ozga nima bo'ladi? Bir necha yillik yo'lni bosib o'tgandan so'ng, farzandingizda yaxshi tanlov qilish yoki muhim maqsadlarga erishish uchun zarur bo'lgan mas'uliyat, intizom, o'ziga ishonch tuyg'ulari qanday shakllanadi? O'rtadagi munosabatlar-chi? Farzandingiz ayni o'smirlik chog'ida, ruhiy muammolarga duch kelganda siz uni ayblamay tinglashingiz, u haqda qattiq qayg'urishingiz, nima bo'lishidan qat'iy nazar, sizga ishonish mumkinligini qanday anglab yetishi mumkin?
O'rtadagi munosabat u bilan muloqot qilishga, unga ta'sir o'tkazishga yaraydimi?
Tasavvur qiling, siz qizingizning xonasi ozoda bo'lishini istaysiz. Buni - T, ta'minot, oltin tuxum deb olaylik. Yana tasavvur qiling, qizingiz xonasini o'zi tozalashini xohlaysiz bu - TV, ta'minlash vositasi.
Sizning qizingiz bu yerda g'oz o'rnida, oltin tuxumni ta'minlovchi vosita. Agar T va TV o'rtasidagi muvozanatni saqlasangiz, qizingiz eslatmasangiz ham xonasini mamnuniyat bilan tozalaydi. Chunki u intizomga sodiq, majburiyatlarni doimo bajarishga intiladi. Bu o'rinda, qizingiz oltin tuxum qo'yadigan g'oz kabi bebaho ta'minot vositasi bo'ladi.
Lekin sizning paradigmangiz faqat ta'minotga, ya'ni xonani tozalatishga qaratilgan bo'lsa, natijaga erishish yo'lida farzandingiz bilan o'chakishib qolishingiz mumkin. T'ni ro'yobga chiqarish uchuun, qizingizga baqirish va qo'rqitishgacha borishingiz hech gap emas. Bu orqali oltin tuxum dardida g'ozning salomatligiga putur yetkazib qo'yasiz.
Tashkiliy TV
Har qanday to'g'ri tamoyilning qimmatli jihatlaridan biri shundaki, u turli vaziyatlar uchun birdek o'rinli bo'ladi. Qo'lingizdagi kitob orqali sizga ushbu tamoyillarni turli muassasalar, shuningdek, oila hamda alohida shaxslar uchun qo'llashning ayrim usullarini baham ko'raman.
Tashkilotlardagi faoliyati davomida moddiy vositalardan foydalanishda T/TV muvozanatiga rioya qilmaydigan odamlar tashkiliy samaradorlikni pasaytiradi va o'zidan keyingilarga o'layotgan g'ozni tashlab ketadi.
Misol uchun, kompaniyadagi mavjud jismoniy vosita, aytaylik, ishlab chiqarish mashinasini boshqaruvchi xodim o'z rahbarligida iliq taassurot qoldirishni istaydi. Kompaniya ayni rivojlanish pallasida, shuning uchun xodimlarning martabasi tez-tez oshiriladi. Xullas, o'sha xodim ishlab chiqarish mashinasini tanaffussiz yurgizadi. O'z-o'zidan, mahsulot miqdori ko'payib, xarajatlar kamayadi, olinadigan foyda esa oshadi.
Bunday natijadan so'ng xodimnig martabasini oshirishadi. U o'zi orzu qilgan oltin tuxumlarni qo'lga kiritadi.
Endi esa, o'zingizni o'sha martabasi oshgan xodim o'rniga tayinlangan ishchi sifatida tasavvur qiling. Sizga topshirilgan ishlab chiqarish mashinasi xuddi bemor g'ozga o'xshaydi. U to'xtovsiz foydalanilganligi tufayli buzilib, deyarli yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Siz uni tuzatish va samaradorligini ta'minlash uchun sarmoya sarflashingizga to'g'ri keladi. Natijada xarajatlar osmonga ko'tariladi, daromad esa yer bilan bitta bo'ladi.
Xo'sh, ko'rilgan zarar uchun kimni ayblashadi? Albatta, sizni. Garchi ta'minot vositasi buzilishiga sizdan oldingiz xodim aybdor bo'lsa-da. Lekin kompaniyaning hisoblash tizimi faqatgina mahsulot, xarajat va daromad to'g'risida xabar beradi, xolos.
T/TV muvozanatini, ayniqsa, tashkilotning insoniy vositalari mijozlar va xodimlar uchun qo'llash juda ahamiyatli.
Men xushta'm mollyuskali krem sho'rvasi bilan tanilgan bir restoranni bilaman. Avvallari tushlik vaqtida, u yer hamisha mijozlar bilan gavjum bo'lardi.
Keyinchalik restoranni sotib yuborishdi. Yangi xo'jayin bor diqqatini "oltin tuxum"ni ko'paytirishga qaratdi va oshpazlarga sho'rvaga ko'proq suv qo'shishni buyurdi.
Taxminan, bir oy ichida, xarajatlar kamayib, daromad yuqoriladi va sof foyda miqdori ko'tarildi. Biroq asta-sekin mijozlar ham ko'zdan g'oyib bo'la boshladi. O'rtadagi ishonch yo'qolib, restoran umuman foyda ko'rmay qo'ydi.
Yangi xo'jayin biznesni eski holiga qaytarishga harchand urinmasin, behuda bo'ldi. Chunki u mijozlar haqida qayg'urishni unutib, ularning sadoqati va ishonchidan mahrum bo'ldi. Oltin tuxum bilan ta'minlovchi vosita o'ldi.
Shunday tashkilotlar borki, ular mijozlar to'g'risida ko'p va xo'p qayg'uradi, lekin mijoz bilan ishlovchi xodimlarni butunlay yoddan chiqaradi. TV tamoyiliga muvofiq, xodimlaringiz mijozlarga qanday muomala qilishini istasangiz, o'zingiz ham xodimlaringizga shunday muomala qilishngiz kerak.
Siz insonning mehnatini sotib olishingiz mumkin, lekin ishtiyoq va sadoqatini sotib ololmaysiz. Siz uning ijodkorligi, dohiyona fikrlari va zukkoligini ham pul bilan qo'lga kiritolmaysiz.
Ishdagi TV xodimlarga xuddi mijozingizdek yaxshi munosabatda bo'lishdan iborat. Aslida ham shunday. Xodimlaringiz o'z aqli va sadoqatini kompaniyangizga baxshida etadi.
Qandaydir yig'ilishda o'tirganimda, bir kishi o'rtaga savol tashladi: β Dangasa, layoqatsiz xodimlarga qanday munosabatda bo'lasiz?
To'planganlardan biri luqma tashladi:
β Ularga naq granata uloqtiraman!
Bir necha kishi bu jangari javobnni olqishladi. Erkakning so'zlarida "yo aytganimdek ishla, yoki ko'zimdan yo'qol" deb ataluvchi boshqaruv shakli aks etgandi.
Shunda boshqa kishi so'radi:
β Granata portlagandan keyingi xarobalarni kim tuzatadi?
β Hech qanaqa xaroba bo'lmaydi! - javob qaytardi "jangarI" rahbar.
β Unday bo'lsa, nega mijozlaringizga shu usulni qo'llamaysiz? - davom etdi o'sha odam. - Xaridorlaringizga qarab, sotib olgingiz kelmasa, bu yerdan daf bo'ling deb aytsangiz nima bo'ladi?
β Mijozlarga nisbatan bunday qilib bo'lmaydi, - dedi "jangari" boshliq.
β Unda nega xodimlarga qilish mumkin?
β Chunki ular mening qo'l ostimda ishlaydi.
β Tushunarli. Ayting-chi, xodimlaringiz sizga sadoqatlimi? Ular jon kuydirib mehnat qiladimi?
β Hazillashyapsizmi? Hozir yaxshi kadrlarni topish umuman ilojsiz. Xodimlarim tez-tez ishdan bo'shaydi, ish qoldiradi yoki ikkita joyda ishlaydi. Ularni hech narsa qiziqtirmaydi.
"Jangari"rahbarning bu munosabati, paradigmasi faqat oltin tuxumlarga ega chiqishga yo'naltirilgani bois, u hech qachon xodimlarining mehrini qozona olmaydi. Qisqa muddatda natija ko'rsatish - juda muhim. Lekin bundan boshqa ahamiyatli narsalar ham bor.
Samaradorlik
Samaradorlik - muvozanat asosida yotadi. T'ga haddan ziyod e'tibor qaratish sog'liqning yomonlashuvi, mashinalarning ishdan chiqishi, bank hisob raqamlaridagi mablag'ning kamayishi va munosabatlarning buzilishiga olib keladi. Ta'minotga qaratilgan ortiqcha e'tibor xuddi kuniga 3 yoki 4 soat yugurayotgan odamga o'xshaydi. Bu odam hayotining o'rtacha 10 yilini yugurishga sarflayotganidan bexabar bo'ladi. Yo bo'lmasa, buni bir umr o'qishga boradigan, lekin tayinli natija ko'rsatmay, boshqa kishlarning oltin tuxumlari hisobiga yashovchi abadiy talaba sindromiga qiyoslash mumkin.
Xulosa
Oltin tuxum (ta'minot) va g'ozning salomatligi, farovonligi (ta'minot vositasi) o'rtasidagi muvozanatni saqlash ba'zan murakkab bo'lishi mumkin. Lekin samaradorlik shunga bog'liq. Shu jarayon qisqa muddat va uzoq muddat tushunchalarini tartibga soladi; sizdagi xonani tozalatish istagi va farzandingiz bilan mehrli munosabat ko'rib, uy ishlarini o'z xohishiga ko'ra bajarishi o'rtasidagi muvozanatni ta'minlaydi.
Bu tamoyilning isbotini o'z hayotingizda ko'rishingiz mumkin. Masalan, ko'proq oltin tuxum olish ilinjida, tez to'kib ishlasangiz, oxir-oqibat holdan toyib, butunlay ishga yaroqsiz bo'lib qolasiz; tunda miriqib hordiq chiqarsangiz, tongda yangi marralarni egallashga tayyor bo'lib uyg'onasiz.
Yoki kimnidir o'z yo'lingizga solish uchun bosim o'tkazsangiz, u bilan munosabatda baribir allaqanday bo'shliqni his qilasiz; ammo munosabatingizga chindan ham vaqt va e'tibor ajratsangiz, sizda o'z-o'zidan sherigingiz bilan birga ishlash, muloqot qilish xohishi va imkoniyati tug'iladi.
Yuqorida ta'kidlaganimdek, T/TV muvozanati - samaradorlik kalitidir. Uni hayotimizdagi har jabhada uchratamiz. Biz u bilan birga yoki unga qarshi ishlashimizdan qat'iy nazar, mavjudligicha olaveradi. T/TV muvozanati mayoqdir.
Manba:
"Effektiv insonlarni 7 ko'nikmasi" kitobidan 2022 yil, Β© Stiven R. Kovi
asari asosida internet uchun Rahim Azim tayyorladi.