Hayotimdan qissalar
August 31, 2023

Yangi chaqaloq haqida taassurotlarim

Dunyoga endigina tashrif buyurgan chaqaloq haqidagi ilk kuzatuvlarimni o'z uslubimda talqin qildim.

Tezlik

Tezlik — Bu chaqaloqni barcha sifatlarni birlashtiruvchi omil ekan.
Ko'rdimki chaqaloqda barcha narsa tez. Soat sayin katta bo'lishi, Nafas olishi ham chiqarishi ham tez, qorni ochishiyu to'yishi ham tez. Uxlashi ham uyg'onishi ham va yana uyqisi kelishi ham tez. Zeriksa ham tez, yig'lashi ham tez, uxlasa tush ko'rishi ham tez. Tezligi hayratlanarli darajada, butun hayotini nazarimda x5 darajada tezlasthirilganga o'xshaydi, bunday chaqaloqli kuzatish esa ajoyib : )

Chaqaloq sof fitratli gunohsiz bo'lgani uchun hech kim uni yomon ko'rmas ekan, hamma uni birdaniga yaxshi ko'radi va yaxshi ko'ra oladi.

Chaqaloqning tushi

Chaqaloq gunohsiz bo'lgani bois uxlaganida unga muakkal farishta faqat yaxshi tushlarni olib kelar ekan. Chaqaloq uxlashi bilan tush ko'rar ekan. Tushi shunchalik ajoyib, go'zal bo'larkanki, o'ngida hali kulishga ulgurmagan chaqaloq, tushida eng go'zal kayfiyatda kularkan. O'zini xuddi jannatda yurgandek his qilib tabassum qiladi, Alloh taolo tomonidan berilgan tush farishtalari chaqaloqni uxlaganida shunday ne'matlantirib qo'yar ekan.

Chunki chaqaloqni uyg'oq holda bo'lishi tamoman mashaqqat ekan.

Chaqaloq yig'isi

Masalan qorni ochsa ovozini baland holda yig'laydi, qorni dam bo'lsa, isib ketsa, qo'l oyoqlari kiyimga noqulay joylashib qolsa, o'zi istaganidek harakat qilolmasa, tagida namlik turib qolsa, xullas barcha signallarni faqat yig'i orqali ifoda qiladi. Yig'laganida esa tabiiyki qiynaladi, oppoq terisiga qon yugurib qizarib ketadi. Ehtimol shuning uchun tushida faqat yaxshilik topadi.

Chaqaloqning darajasi

Qoida: Chaqaloq bor joyda daraja yo'q

Chaqaloq bor joyda kimni kimligi, darajasi yoki yoshi, kasbi xullas hech nimani ahamiyati yo'q. Oddiyroq qilib aytganda chaqaloq podshoh qolgan barcha fuqaro.

Chaqaloq o'zi uchun ham shunday darajani belgilab olgan. Masalan uxlab qolsa, uni ko'tarishiz ham ahamiyatsiz, yotgan joyini o'zgartirish ham ahamiyatsiz, uxlashi o'zi uchun zarurmi, tamom uxlaydi, uyqisini buzish mumkin emas, buza olmaysiz ham. Nazarimda chaqaloq kosmosdan boshqa hamma joyda uxlay olsa kerak.


Hozircha ta'ssurotlarim shu, chaqaloq sher rejimidan chiqib yangi bosqichga o'tsa ehtimol yana fikrlarimni ulasharman. Sher rejim deganda, urg'ochi sherlar kun tartibida 1 soat ovqatlanadi, qolgan 23 soat uxlaydi.


Muallif: Rahimjon Gaziyev (kompyuter ustasi)
(31 avgust 2023 yil)