Darslarim
December 25, 2021

1. Dars

Senga kelib tushgan (bajarilishi lozim bo'lgan) topshiriqni yozib ol.

Topshiriqlar o'zing tomondan kelib tushishi mumkin, ishingda komandir yoki boshliq tomonidan, ota-onang yoki farzanding, do'stlaring xullas kim tomondan bo'lsa ham bajarilishi kerak bo'lgan vazifani yozib ol va aslo unutmaki, yozilmagan topshiriq, hech qachon bajarilmaydi!

Aytildi, "Har qanday o'tkir xotiradan — o'tmas qalam afzalroqdir".

Izoh: "Ilmni yozib borish" haqida yuzlagan kitoblarda alohida boblar bor.