Murabbiylik hayotimdan bir qissa (Tafovut haqida)
KIRISH
2021 yili yozida bir yosh yigit keldi, uzoq muddat dizaynda rivojlanmayotgan ekan, tayyorlagan ishlarini ko'rganimda 1 oylik shogirdlarim darajasida edi. Xullas suhbat qilib shogirdlikka qabul qildim, oradan hech qancha o'tmasdan katta proyektlarda birga ishlay boshladik, boshqa shogirdlarim kabi ko'p so'kish eshitar va barcha yangi shogirdlar hurmat qilgani kabi yuksak hurmatda bo'ldim.
ZOTDOR OT
Shogirdni o'rganish muddati yarim yildan o'tib, mahorati oshib borgandan keyin, kattaroq proyektlarni ishonib topshiradigan bo'ldim, o'rganish muddati 1 yilga bormasidan yaxshi joylardan ishlar taklif qila boshlashdi. So'ngra 99% shogirdlarda uchraydigan "Zotdor ot" kasalligi paydo bo'lishni boshladi, masalan vazifalar topshirsangiz qilgisi kelmaydi yoki umuman qilmay qo'yadi. Masalan yaxshi daromadli ishlar chiqishni boshlagan sari o'z murabbiysini hurmatsizlashni boshlaydi, chunki farazan "o'rganadigan bilimlarni o'rganib bo'ldim endi murabbiyni keragi yo'q" deb qaror qiladi.
TAFOVUT
O'rta hisobda 10-15 ta monitorim bor, ko'plarini ishlatishga shogirdlarimga berganman foydalanishadi. Kunlarni birida o'zimga foydalanish uchun yana 1 ta monitor sotib oldim, ish stolimga 2 ta monitor qo'yib ishlata boshladim, so'ngra boyagi g'oyib bo'lib qolgan shogird fikr bildirib, topgan pulimizga kiyinsak yoki restoranlarda ovqatlansak bizga isrof haqida gapirasiz, o'ziz 2 tadan monitor ovoganiz chinakam isrof qilyapsizku deb isrofgarchi ekanimni yuzimga solishni boshladi.
Agar hammamiz hazratimiz rohimahullohni "Isrof" degan kitobni o'qigan bo'lsak, demak har birimizda qanchadir miqdor isrofgarchilik bor, lekin kim-kimni yuziga solish haqli ekani bu odob va hurmat masalasi.
Men shunda katta ustozim shogirdlarni "Zotdor ot" kasaliga yo'liqitish ehtimoli borligini tushintirgan kasalga bu ham yo'liqib qolganini tushindim va afsuslandim, duo olmasdan g'oyib bo'lib qolganiga yana bir achinarli holat bo'ldi.
YAKUN
• Inson pul topmasidan oldin kimni hurmat qilayotgan bo'lsa, narmalniy pul topishni boshlagandan keyin hurmatsizlay boshlashi tafovut.
• Inson kasb o'rganmagan payti, murabbiysini hurmatlab, o'rganib bo'lganidan keyin hurmatsizlay boshlashi tafovut.
• Inson puldan qadrli bo'lgan narsalarni - hurmat, ishonch, baraka kabi o'rnini pul bilan to'ldirib bo'lmaydigan qadriyatlarni pul evaziga alishib yuborish o'ta katta tafovut.
Qachonlardir bu tafovutlar o'z hayotida turli xil tafovutlar bilan paydo bo'lishni boshlaydi, chunki katta Ustoz aytganlaridek:
"Siz uni qo'liga bergan ketmon bilan o'z nasibasini topayotgan bo'lsa, albatta ishoning qachondir shu ketmon uchun sizdan duo va rozilik olishni xohlaydi, faqat ozgina vaqt kerak xolos tushinib yetadi. Chunki asl baraka rozi rizochilikda" deb taskin bergandilar.
Lekin man murabbiy sifatida ko'rgim ham kelmayotgan bo'lsa nima qilishim kerak?
Blog: t.me/rahim_azim