Yozgan hikmatlarim
January 5, 2022
9. Ramazon ro'zasi fazilati
Ul gunohing mag'firatdir, bilsang agar foydasi, Ixlos ila tutsang agar muborak oy ro'zasi. (Abdurrohim Marg'iloniy)
Izoh:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan ushbu hadis rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:
“Kim Ramazon ro‘zasini (farz ekaniga) iymon keltirib, (ajrini Allohdan) umid qilgan holda tutsa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi.
(Buxoriy va Muslim rivoyati)