Bismillahir rohmanir rohiym.
Tafakkur qiluvchi bandalarini qalbiga hikmatni jo qilgan Allohga hamdlar bo'lsin!
Tafakkur qilishda bashariyat olamiga namuna bo'lgan Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga salavotu durudlar bo'lsin!
Аbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir muhim ish Аllohga hamd aytish bilan boshlanmasa, oxiri kesikdir», dedilar.
Аbu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari.
Аbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:
"E'tiborli har bir ish "Bismillahir rohmanir rohiym" bilan boshlanmas ekan, u (oxiri) kesikdir", dedilar".
Abdulqodir Rahoviy rivoyati.
Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam:
“Albatta, amallar niyatga bogʻliqdir.” dedilar.
Beshovlari rivoyat qilishgan.